"Sotheby's"da Ro‘zi Choriyev va Markaziy Osiyodan asarlar

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Londondagi nufuzli "Sotheby's" savdo uyida ikkinchi bor "Chorrahada" nomi ostida Markaziy Osiyo san‘ati namunlari ko‘rgazmaga qo‘yildi.

Bu gal tanlab olingan asarlar jug‘rofiyasi kengaytirilib, ko‘rgazmaga "Istanbuldan Kobulgacha" nomi ilova qilingan.

San‘at muxlislari e‘tiboriga havola etilgan namunalar orasida taniqli o‘zbek rassomi Ro‘zi Choriyev mo‘yqalamiga mansub asarlardan tortib, zamonaviy san‘at sahnasiga mutlaqo yangi va kutilmagan uslublar bilan kirib kelayotgan yosh avangard ijodkorlar ishlari bor.

Luiza Iskandari "Sotheby's"dagi ko‘rgazma haqida hikoya qiladi.