"Qarshi Gaz ta‘minoti bo‘limi aholini qarzga botirmoqda"

Qarshi shahar Gaz ta‘minoti bo‘limi xizmatidan shikoyat qilib yozgan Saodatning yozishicha, shahar gaz ta‘minotidagilar aholini yo‘q gaz uchun qarzga botirib tashlagan.

Buni oqlash uchun esa Qarshi shahar Gaz ta‘minoti idorasi turli bahonalar o‘ylab topayotgan ekan.

"Gaz hisoblagich gos.standartdan o‘tgan xali srok to‘lmay turib, stchetchik eski deb 300 ming qarz yozib qo‘ygan. Aslida stchekchik bo‘yicha 20 ming atrofida ishlagan.

Ixtiyor degan gaz nazoratchisi Ixtiyor (telefon 472-22-37) tekshirgani kelganda schetchikka umuman qaramaydi, yuqorida ekan, shunday tekshiraman deb faqat gaz knijkasini va o‘zidagi tsifrlarni ko‘rib ketaveradi. Schetchik eski bo‘lsa qanaqadur buyruq orqali xalqni ogohlantirish kerakku?", deb yozadi qarshilik ayol.

"Dekabr oyiga 300 ming so‘m gaz yozib ketgan yanvar oyiga 150 ming so‘mga yangi stchetchik sotib olib o‘zimiz svarkachi topib 50-100 ming xarajat qilib o‘rnatdik. Gaz idorasi biz o‘rnatmaymiz deyishdi. Xar kuni gazga qatnayverib axiyri fevralga plomba qo‘ydirdik. Bu orada 100 ming so‘m gaz uchun to‘ladik. Oradan bir oy o‘tdi. Martga borib yana tekshirtirsam yana sizga fevral uchun 326 ming so‘m qarz yozilgan. Jami 526 ming so‘m gazdan qarzingiz bor deydi. Kompyuterga kiritilgan endi iloji yo‘q deydi. Men yangi stchetchik o‘rnatdim yana nimaga qarz yozasizlar xammasi qonuniy deganimda gaz xodimlari sizni yangi o‘rnatgan stchetchikiz kompyuterga kirmagan deb javob qildi. Meni stchetchigim bor yo‘g‘i 1 oyga (qishki sezon) ga 40 ming ishlagan. Yangisi nima uchun kirgizmagansizlar deganimda nazoratchi biladi deyishdi. Nazoratchiga borsam man bilmeyman deb javob beradi. Boshlig‘iga kirsangiz eshitishni xoxlamaydi. Otangga bor, onangga bor deydi. Nazoratchilar esa bor qayerga borsang bor, qo‘lingdan kelganini qil deb bezrayib ketaveradi".

"Uyidan novvoyxona, choyxona ochib gerb o‘rnatib gaz ishlatayotganlardan nazoratchilar choy-chaqa olishadiyu o‘z cho‘ntagiga urib ketadi. Bundan tashqari uyiga nasos qo‘ydirib olganlar bor. Natijada shu ketgan gazni qoplash uchun oddiy xalqqa mana shunaqa yo‘llar bilan to‘latadi. Bu narsadan boshliqlari xam manfaat ko‘rsa kerak, chunki eshitishimizcha ular o‘zi shunaqa qil deb ishchilariga buyruq berar ekan. Oddiy xalqqa gazni o‘zi yo‘q. Sovuq xavoda xam ovqat o‘choqqa pechkaga o‘tinga yonadi. Lekin xar oy 200 ming – 300 ming so‘m to‘lanadi. O‘zi aholi bir oyga qancha oylik olishi bilan hech kimning ishi yo‘q", deydi o‘z xatida qashqadaryolik fuqaro.

Xatdagi ma‘lumotlarni aniqlashtirish uchun Qarshi Gaz ta‘minotiga bog‘landik. Lekin savolimizga javob olishning iloji bo‘lmadi. Xatda keltirilgan Ixtiyor degan nazoratchi ham telefonini ko‘tarmadi.

Qarshilik huquq faoli Gulshan Qorayevaning aytishicha, shaharliklar o‘zi yo‘q gazning haqqidan dod deb kimga borishni bilmaydi. "Gorgazning harakati ustidan bemalol sudga berish mumkin. Lekin sud ham fuqaroning emas, Gorgazning foydasiga hukm chiqaradi. Katta qarz yozilganlar sudga shikoyat qilganini bilaman. Lekin ular foydasiga hal qilinmaydi ish, hech ham iloji yo‘q buni. Hech kim chora ko‘rmaydi Gorgazdagilarga qarshi. Men o‘ylab qolyapman, bozorlarda nasoslar sotiladi-gazni ko‘p tortib beradigan vosita. Xitoydan olib kelinadi. Qizig‘i uni sotganlarni hech kim javobgarlikka tortmaydi. Lekin nasos o‘rnatib olganlar million so‘mdan ortiq jarimaga tortiladi. Demak O‘zbekistonga gazni tortadigan nasosni Xitoydan olib kelishga kimgadir manfaat bor. Buni o‘rganish kerak. Ikkinchidan odamlar shikoyat qilgani bilan foyda yo‘qligini bilib, qarz yozib ketsa, to‘layveradi. Qonunan olib qarasangiz 8-10 ming gaz ishlatilsa kerak bir oyda. Gorgaz nazoratchilari bilasizmi qancha yozadi, 300-400 ming so‘m, undan ham ko‘p. Tarif bo‘yicha yozib ketaveradi, to‘laysan deydi. Nazoratchilarga boshliqlarining o‘zi aytar ekan, yozgin deb, deyishadi odamlar. O‘zimning trubalarimi yorilgan, tabiiy gaz ishlatmaymiz. Ballonlik gazdan foydalanamiz. Gaz haqi, qarzdorlar muammosi hozir juda katta Qarshida", deb aytadi Gulshan Qarayeva.

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi