O‘zbekiston Oliy Majlis Senati Bosh vazir salohiyatini kengaytiruvchi qonunga o‘zgartirishlarni ma‘qulladi

Image copyright b

O‘zbekiston matbuotining xabar berishicha, Oliy Majlis Senati mamlakat Konstititsiyasiga o‘zgartirishlar kiritishni nazarda tutvchi qonun loyihasini tasdiqladi.

Mamlakat Asosiy Qonuniga kiritilayotgan o‘zgarishlar Parlament vazifasining kengaytirilishi, parlament va jamoat nazoratining oshirilishini nazarda tutadi.

Shuningdek mamlakat Bosh vaziri mavqeiga nomzodlarni ilgari surish va Parlament tomonidan tasdiqlanish tartibiga ham aniqliklar kiritilib, Prezidentning ba‘zi salohiyatlari Bosh vazirga o‘tkazilgan.

Rossiya matbuoti senator Svetlana Ortiqova so‘zlaridan iqtibos keltirib, Bosh vazir endilikda vazirlik va muassasalarni tashkil qilish va tarqatib yuborish vakolatiga ega bo‘lganligini ma‘lum qilgan.

Bu kabi o‘zgartirishlar loyihasini Parlament e‘tiboriga prezident Islom Karimov taklif etgandi.

O‘zbekiston matbuotida aytilishicha, bu kabi o‘zgartirishlar mamlakatda Konstitutsion islohotlarni chuqurlashtirish, Parlament vakolati va huquqlarini kengaytirish, Vazirlar Mahkamasining masu‘liyatini oshirish yo‘lida kiritilmoqda.

Senat Bosh vazirga o‘tkazgan kafolatlar anchayin muhim bo‘lsa ham, tahlilchilarga ko‘ra, prezidentlik boshqaruvi o‘ta kuchli bo‘lib kelgan O‘zbekiston sharoitida uning yakka hokimligi saqlanib qolish ehtimollari katta.

Yana qator kuzatuvchilar O‘zbekistonda 2015 yili prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tishi kutilayotgani va hozirda Bosh vazir kafolatlarning kengaytirilishi mabodo joriy prezident Islom Karimov yana bir bor saylovlarda qatnashmaslik qarorini berib, Bosh vazirlik vazifasini olish ehtimoli tufayli bo‘lishi mumkinligini aytmoqdalar.

Biroq Islom Karimov O‘zbekiston konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar kiritish yo‘li bilan har vaqt o‘z prezidentlik muddatlarini cho‘zib keladi.