Britaniyaning ilk klonlangan iti dunyoga keldi

Image copyright none
Image caption Jajji Uvinni 30 mart kuni Seulda dunyoga kelgan

Itning egasi Rebekka Smit Janubiy Koreyaning "Sooam Biotex" shirkati tomonidan tashkil qilingan 60,000 funt sterlinglik musobaqada g‘olib chiqqandi.

Shundan so‘ng, uning Uvinni deb nomlangan 12 yoshli kuchugidan nusxa yaratilgan.

Ishtirokchilar musoboqani o‘z itlarini tekinga "umrboqiy" qilish imkoniyati sifatida ko‘rishgandi.

Odatda klonlash jarayoni 60, 000 funt sterling (100, 000 Amerika dollari)ga tushishi aytiladi.

Jajji Uvinni 30 mart kuni Seulda dunyoga kelgan.

Rebekkaning aytishicha, 10 kunlik kuchukcha o‘zining Uvinnisidan farq qilmaydi.

"Sooam Biotex" shirkati tadqiqotchilari hozirgacha 400ta itdan nusxa yaratishgan va endi o‘z bizneslarini butun dunyo bo‘ylab kengaytirishni istashadi.

Seul Milliy Universitetidagi olimlar guruhi klonlangan itni ilk bor 2005 yil dunyoga keltirishgan.

Image copyright none
Image caption Rebekkaning aytishicha, 10 kunlik kuchukcha o‘zining Uvinnisidan farq qilmaydi

Olimlar o‘shanda itlardan nusxa yaratish bilan insonlar chalinadigan qator xastaliklarni tushunish va davolash imkoniyatlari kengayishiga umid qilishgandi.

Bundan tashqari, janubiy koreyalik olimlar embrion yaratishganlarini ham da‘vo qilib chiqishdi. Ammo, ko‘p o‘tmay bu da‘vo yolg‘on ekani tasdiqlandi.

1996 yil esa, Shotlandiyada ilk sut emizuvchidan Dolli ismli qo‘y yaratilgandi.

Ammo, Dollining o‘pkasi xasta ekani ma‘lum bo‘lgach, 2003 yil uning hayotiga nuqta qo‘yish qarori olingandi.

Klonlashga oid tadqiqotlarda yutuqlarga erishilgan esa-da, hayvonlar haq-huquqlarini himoya qiluvchi guruhlar hamon xavf-xatar katta ekani ekanini aytishadi.