BBCga aytaman: "Turkiyadan Suriyaga jihodga borayotgan o‘zbeklar juda ko‘p"

BBC bilan suhbatlashgan asli andijonlik, hozirda Turkiyada bo‘lgan, ismi sir qolishini so‘ragan ayolning aytishicha, ayni paytda Turkiyadagi o‘zbeklar orasidan Suriyaga jihodga ketayotganlar soni oshib bormoqda.

"Ularning aksariyati Qashqadaryo, Surxondaryo, Andijon, Xorazmdan, yana ko‘plari Rossiyadan qochib bu yerga kelganlar. Jihodga ketadiganlar ko‘p, faqat qornini o‘ylab ketadiganlari ham bor. Men ko‘rganlarim hammasi o‘zbeklar. Yolg‘iz xotinlar ko‘p. Erlarini jangga jo‘natgan", deydi andijonlik qochqin .

"Meni Turkiyadagi qochoq o‘zbeklarning ahvoli qiynamoqda.Chiday olmayapman. Hech chiday olmayman, har kun yig‘layman. Bir non uvog‘i yerga tushsa, uni bosmay avaylaymiz ammo o‘zbeklar bu qadar sochilib ketgan, deya o‘ylamagan yedim", deb aytadi shuningdek ayol.

Undagi ma‘lumotlarga ko‘ra, ayni paytda Qaynaryi degan joyda 100 ta O‘zbek oilasi bor. Sultanbeylida 80 ta. Ammo ularning ahvoli og‘ir. Har bir o‘zbekda uchtadan yetti-sakkiztagacha bola bor. Ularni hech kim ishga olmaydi.

"Hech birining bolalari o‘qimaydi. Shu qadar ahvollari og‘irki, turklar bir burda non bersa yeydi, qiyin juda. Erkaklarini hammasini Suriya va Iroqqa jihodga jo‘natishmoqda. O‘sha yerlarda ko‘plari qirilib o‘lib ketyapti. Lekin ular ketishga rozi, ko‘plari ko‘ngilli bo‘lib ketmoqda, bir xillari majburlikdan. O‘zbekistonga qaytay desa, u yerda o‘lim kutyapti ularni, dindorligi uchun qochib chiqqan. Ayollarining qo‘llarida ikkitadan chaqaloq qolgan, ersiz qolgan bu xotinlarni boshqarish ham qiyin. Ba‘zi erkaklarning uch-to‘rtta xotini bor, hammasi qolgan, o‘zlari jihodda".

Bu yerda "O‘zbeklar darnagi" otli tashkilotlar bor. O‘sha tashkilot yordam beradi kelgan o‘zbeklarga.

Andijonlik qochqinga ko‘ra, o‘zi namozxonligi uchun O‘zbekistonda oilasi bilan doimiy ta‘qiblar ostida yashagan. Biroq o‘tgan yil o‘rtalarida O‘zbekistondan qochib chiqishga majbur bo‘lgan.

"Qamalish ehtimolim 90 foiz bo‘lib qolgach, hovli va mashinamni sotib, ming dollarga Over urdirib Xitoyga tijorat uchun chiqyapman, deya qochishga ulgurdim. Hozir Istanbuldamiz, ahvolimiz yaxshi. Xo‘jayinim biz ketgandan so‘ng dekabr oyida vafot etibdilar. Og‘ir kasal edi, qamoqda qiynalgan edi. Bolalar va o‘zingni xavfsizliging uchun ket, meni bo‘larim bo‘ldi, degandila. Uchoqqa chiqib ko‘tarilganingdan so‘ng "taloq" dedilar. Keyin qaynsinglim bilan gaplashdim, bir oy o‘tib xo‘jayinimni vafot etganlarini aytdi", deydi ayol.

Andijonlik qochqin ayol o‘zbeklar bor hamma joylarni aylanib chiqqanini, u yerdagi o‘zbek bolalarning hammasi savodsizligidan dahshatga tushganini aytadi. "Bolalarning bari savodsiz. Ularning orasida Qozog‘iston va Qirg‘izistondan ham kelganlarni ko‘rdim, deydi u. Bunday oilalarning ko‘pi pul uchun ketyapti jihodga".

Bir voqea menga juda katta ta‘sir qildi, deya ko‘rganlaridan so‘zlaydi yana u.

"Bir kuni Sultanbeylida bir qashqadaryolik 9 yoshli qizcha bilan gaplashib qoldim. Bir ko‘zi ko‘r. Ota-onasi Rossiyadan qochib kelib, Abdulla Buxoriyning qo‘liga tushgan".

Ko‘zingga nima qildi desam bir yil avval ukamni qo‘li kirib ketgan edi keyin dadamga do‘xtirga olib boring desam do‘xtirlar kofirdir musulmonlar ularga bolalarini ko‘rsatmaydi deb olib bormadi, bir yildan so‘ng ko‘zim ko‘rmay qoldi deydi.

Ko‘zining pardasi yirtilgan ekan. Mendan u qiz "xozir fevral oyimi?"- deb so‘radi.- yo‘q, hozir noyabr oyi, dedim. U bo‘lsa men faqat fevral oyini bilaman chunki fevral oyida tug‘ilganman deydi. Maktabga borganingda xamma oylarning nomini bilarding, desam "maktabda o‘qituvchilar oy nomlarini o‘rgatadimi?" deydi. - Dadam o‘qiituvchilar ham kofirdir, ularga musulmonlar bolalarini bermaydi deydi. Juda achindim. Zakiy qiz o‘qishni istaydi, ammo johil ota onalari o‘qitmaydi. Necha kun bu qizni o‘ylab uxlay olmadim".

Dinni shu tarzda tushunadiganlar o‘ziniyam, bolalariniyam baxtsiz, savodsiz qiladi. Men o‘ylayman ular dinni xam tuzuk bilmasa kerak.

Bir kun ikkitasining suhbatini eshitib qoldim. Yangi kelganiga eskisi "tez qora chorbafga kir, keyin ishlamasang xam bo‘ladi, deyapti. Bu yerda ular ehson va yig‘ilgan pullar hisobiga yashaydilar. Turklar ularni muxoyirlar deya boqadi. Men o‘zbeklar bilan ko‘p gaplashmayman. Ilk kelganimda xamma yoqni kezib chiqdim, o‘zbeklarni o‘rgandim. Hozir esa bir oyda bir ko‘rsam ko‘raman. Mening asli otimni ham hech biri bilmaydi".

"Keyin men ishlayman. Ular ishlaydiganlar va o‘qiydiganlar bilan uncha aloqa qilmaydi. Kelganimdan beri hozirgacha Suriyadan jihoddan tirik qaytganlarni eshitmadim. Ko‘zi ojiz bo‘lib qolgan qizchani ham boshqa uchratmadim", deb hikoya qiladi Turkiyada o‘zbek qochqinlarining ahvoli haqida u.