Qirg‘iziston: Ilon chiqqan maktab yopib qo‘yildi

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Qirg‘izistonning O‘sh viloyati Alay tumanidagi Birinchi may qishlog‘ida joylashgan maktabdan 30dan ortiq ilon chiqishi natijasida yopib qo‘yilgan.

O‘rozov nomidagi maktabning qayta ochish borasidagi qaror Qirg‘iziston Favqulodda Xizmatlar mutaxassislari kelib tekshiruv o‘tkazganlaridan so‘ng olinadi.

Maktab direktori Azizxon Jo‘ldoshevaning aytishicha, ilonlar o‘tgan juma kuni paydo bo‘lgan va keyin ular mahalliy hokimiyatga murojaat qilishgan.