Xavf ostida qolgan matbuot anjumani

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

AQSh senatori Richard Blumental temir yo‘l shirkati xavfsizlik qoidalariga rioya qilmayotganini tanqid qilish uchun matbuot anjumani tashkil qildi.

Metro-North Railroad deb nomlangan shirkatning xavfsizlik ko‘rsatkichlari "uyatli" ekani e‘lon qilingan va shuning uchun shirkatni 552 ming AQSh dollari miqdorida jarimaga tortishga qaror qilingan.

Ushbu qarorni demokrat senator Richard Blumental Milford shahri temir yo‘l stantsiyasida e‘lon qilish uchun matbuot anjumani chaqirgan.

Milford hokimi Ben Bleyk matbuot anjumanini ochayotgan payti poyezd o‘tib qoldi.

Poyezdning senatorni turtib ketishiga bir bahya qoldi.