Ukraina inqirozi: Rossiya manfaatlariga hujum qilinsa javob qaytaradi

Image copyright AP

Rossiya Tashqi Ishlar vaziri Sergey Lavrovning aytishicha, Ukrainadagi manfaatlariga tajovuz qilinsa, himoya qilish amallariga qo‘l uriladi.

Janob Lavrovning bu izhoroti 2008 yilgi Gurjiston urushi davridagi vaziyatga taqqoslanmoqda.

Russia Today telekanali bilan suhbatda Sergey Lavrov shuningdek, AQShni Ukrainadagi "o‘yinni" boshqarishda aybladi.

Ayni vaqtda Rossiya Tashqi Ishlar vazirligi tomonidan ichqarilgan bayonotda Ukraina sharqidan harbiylarni olib chiqishga da‘vat yangragan.

Avvalroq Ukraina hukumati mamlakat sharqida rossiyaparast kuchlar tomonidan bosib olingan qator shaharlar ustidan nazoratni qaytarib olish maqsadida terrorga qarshi amaliyotlar qayta boshlangani haqida ma‘lum qilgandi.

Kiyev va G‘arb Ukraina sharqidagi rossiyaparast kuchlarni Moskva boshqarayotganligini ta‘kidlab kelmoqdalar. Bu da‘volarni Rossiya rad etib kelmoqda.

Oxirgi haftalarda rossiyaparast guruhlar Donetsk va Lugansk mintaqalaridagi qator shaharlarda ma‘muriy binolarni egallab olganlar.

Huddi shunday amallar hozirda Rossiya tarkibiga kiritilgan Qrimda ham amalga oshirilgandi.

Russia Today bilan suhbatda janob Lavrovning aytishicha, AQSh vitse-prezidenti Jo Bayden safari mobaynida Kiyev tomonidan mamlakat sharqidagi amaliyotlarning qayta boshlanishi ko‘p narsadan dalolat beradi.

"Agarda Janubiy Osetiyada bo‘lgani kabi bizning qonunuiy manfaatlarmiz yoki ruslarning manfaatlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri hujum qilinsa xalqaro qonunlarga mos ravishda to‘liq holda javob qatyrishdan boshqa yo‘lini men ko‘rmayapman", - deb aytdi janob Lavrov.

2008 yili avgust oyida Gurjiston bo‘lginchi Janubiy Osetiyani rossiyaparast jangarilardan qaytarib olish uchun qo‘shin yuborgan vaqti Rossiya urush boshlagandi.

Oxirgi haftalarda Rossiya Ukrainaning sharqiy chegaralariga yaqin hududlarda harbiy hozirligini oshirib kelmoqda.