"VKontakte" tarmog‘i asoschisi vazifasidan chetlatildi

Image copyright Getty

Sobiq Ittifoq respublikalaridagi foydalanuvchilar orasida keng tarqalgan "VKontakte" Internet ijtimoiy tarmog‘i matbuot xizmatining ma‘lum qilishicha, tarmoq asoschisi Pavel Durov rahbarlik maqomidan chetlatilgan.

Aytilishicha endilikda Pavel Durov "VKontakte" ning Bosh direktori emas va uning salohiyatlari to‘xtatilgan.

"Qizig‘i shuki, bu haqda hissadorlar menga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aytishga haddilari sig‘may, o‘zimning chetlatilganim haqida matbuot orqali habar topdim", - deya yozdi Pavel Durov o‘z sahifasida.

"Shunday qilib "VKontakte" Igor Sechin va Alisher Usmonovlarning to‘liq nazorati ostiga o‘tmoqda. Rossiya sharoitida bu narsa muqarrar ekanligini kutish mumkin edi, lekin men 7 yil yarim bo‘lsa ham omon qolganimizdan hursandman. Ancha narsaga ulgurdik. Biz erishgan ba‘zi narsalarni ortga qaytarishning imkoni yo‘q", - deya ilova qilgan Pavel Durov.

"VKontakte" matbuot xizmatining ta‘kidlashicha, go‘yoki o‘zidan vazifalarini soqit qilayotganligini bildirgan maktubni Pavel Durovdan 21 mart kuni olishgan.

Bu maktubni Pavel Durov 1 aprel kuni sharhlab, "VKontakte" hissadorlari jamiyati tarkibi o‘zgartirilishi ortidan Bosh direktor faoliyati erkinligi anchayin cheklanganligini aytgandi.

Durovning aytishicha, ushbu tarmoqqa asos solinayotgan vaqti qo‘yilgan tamoyillarni himoya qilish tobora qiyinlashib bormoqda.

Lekin bir necha kundan keyin Pavel Durov iste‘foga chiqmoqchi ekanligi haqidagi xabarlarni o‘zi rad etgandi.

Xabarlarga ko‘ra oxirgi vaqtda "VKontakte" hissalarining turli shirkatlarga sotilishi ortidan Pavel Durov nazoratni yo‘qota boshlagan.

"VKontakte" ning yana boshqa ikki asoschisi Vyacheslav Mirilashvili i Lev Leviyev qo‘llarida bor 48% hissalarni Ilya Sherbovich rahbarligi ostidagi "Rosneft" va "Transneft" shirkatlariga sotib yuborganlar.

Durovga ko‘ra, ushbu olti-sotdilar noqonunuiy ravishda amalga oshirilgan, chunki hissalar dastlab avvalgi hissadorlarga taklif etilishi kerak edi.

2014 yil boshida Pavel Durovning o‘zi qo‘lidagi 12 foiz hissalarni "Megafona" rahbari va YuTV mediaxoldingi sohiblaridan biri Ivan Tavringa sotgandi.

Tavrin esa o‘z navbatida bu hissalrni shu zahotiyoq Alishera Usmonovga tegishli Mail.ru Group ga sotib yuborgandi. Shunday qilib hozirda Mail.ru Group Durov tomonidan asos solingan "VKontakte" ning eng yirik hissadori bo‘lib qoldi.