"Bunyodkor" yettinchi bor Osiyo Chempionlar ligasi nimchorak finalida

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi
Image copyright fcbunyodkor.com

O‘zbekistonning amaldagi chempioni bu kabi qit‘a miqyosidagi yangi rekordini guruh bosqich saralash bellashuvlarining yakuniy tur uchrashuvida qayd etdi.

Jamoa hal qiluvchi o‘yinda Qatarning "Al-Jaysh" jamoasini safarda 1:2 hisobida mag‘lub etdi va bu kabi tarixiy imkoniyatni qo‘lga kiritdi.

Bu yil "Bunyodkor" tushgan "B" guruhidan nimchorak finaliga ikkinchi yo‘llanma uchun kurash oxirigacha davom etdi.

Dohada kechgan chorshanba kungi javob uchrashuviga qadar "Bunyodkor" o‘z guruhida Eronning "Fulad" va Qatarning "Al-Jaysh" jamoalaridan keyin 3-o‘rinni egallab turgandi.

Jamoa bu yilgi Osiyo chempionlar ligasi uchrashuvlarini anchayin ishonchsiz boshlagan va guruh bosqich saralash bellashuvlarida ikkita durang, ikkita mag‘lubiyat hamda bitta g‘alaba qayd etgandi.

Ammo aynan "Al-Jaysh" ustidan erishgan irodali g‘alabasigina "Bunyodkor"ga bu yil ham Osiyo Chempionlari chempionligi uchun kurashini davom ettirishga imkon berdi.

Image copyright fcbunyodkor.com

Ustiga ustak, eslatish joiz, "Bunyodkor" bu yilgi Osiyo Chempionlar ligasida O‘zbekistonni namoyon etayotgan yagona jamoa bo‘ladi.

Qarshining "Nasaf" va Toshkentning "Lokomotiv" klublari esa, allaqachon turnirning pley-off bosqichidan ortga qaytishga majbur bo‘lishgan.

Qaldirg‘ochlar o‘tgan yil ham qit‘a miqyosidagi ushbu nufuzli turnirning guruh bosqichidan chiqishgan, ammo nimchorak finalida o‘z kurashlarini to‘xtatishgandi.

Ammo, ta‘kidlash joiz, O‘zbekiston chempioni o‘zining qisqa tarixida ikki bor Osiyo Chempionlar ligasining yarim finaligacha ko‘tarilgan.

Tashkil etilgandan buyon esa, jamoa o‘z oldiga Osiyo Chempionlari chempioni bo‘lish vazifasini qo‘yib keladi.

Bu kabi maqsadiga erishish uchun o‘z vaqtida katta pullar evaziga braziliyalik nomdor murabbiy Skolari va yulduz futbolchi Rivaldolarni ham keltirishga muvaffaq bo‘lgan.

Biroq "Bunyodkor" bo‘ladimi, "Paxtakor", "Nasaf" yoki "Lokomotiv", biror bir O‘zbekiston jamoasiga shu paytgacha Osiyo Chempionlari chempioni bo‘lish nasib etmagan.

Image caption "Bunyodkor" matbuot kotibi Abror Imomxo‘jayev

"Bunyodkor" matbuot kotibi Abror Imomxo‘jayevning biz bilan suhbatida aytishicha, jamoaning Qatardagi irodali g‘alabasi va bu yil ham turnirning nimchorak finaliga chiqishi Toshkentda katta quvonch bilan qarshi olingan.

"Judayam katta bayram. Barcha viloyatlardan tabrik telegrammalari, internet saytlarida munosabatlar bildirilayapti. Sababi - bu yildan Osiyo Futbol Konfederatsiyasi yangicha yo‘nalish berdi. Ya‘ni, O‘zbekistondan nechta jamoa qatnashishi aynan Osiyo Chempionlar ligasida yig‘ilgan ballar hisobiga bo‘ladi. Oldin bunaqa emasdi, boshqacha tizim bo‘yicha hisoblanardi. Shuning uchun ham, "Paxtakor", "Lokomotiv", "Nasaf", Osiyo Chempionlar ligasida qatnashish imkoniyatiga ega bo‘lgan barcha jamoalarning muxlislari, birinchi navbatda, "Bunyodkor"ga ishqibozlik qilishdi. Va shu jihatdan ham g‘alaba barchaga tatidi, deb aytish mumkin", - deydi suhbatdoshimiz.

U kishining aytishicha, "Bunyodkor" so‘nggi yutug‘i bilan qit‘ani kuchsizlanib qolgan tarkib bilan ham katta natijalarga erishish mumkinligiga tan oldirgan.

"Bunyodkor" yana rekordni ham yangiladi. Hali Osiyoda biror bir jamoa yetti yil davomida ketma-ket guruhdan chiqish vazifasini uddalamagandi. Buni yagona "Bunyodkor" uddaladi. Buni ham hisobga olish kerak. Ya‘ni "Bunyodkor"ning hozirgi to‘playotgan ochkolari nafaqat O‘zbekiston, balki Osiyo miqyosida ham qadrlanib borayapti", - deydi jamoa matbuot kotibi Abror Imomxo‘jayev.

Shunday qilib, 23 aprel kuni o‘z poyoniga yetgan guruh bosqich saralash bellashuvlari ortidan, "Ash-Shabab", "Al-Jazira", "Fulad", "Bunyodkor", "Al-Ayn", "Al-Ittihod", "Al-Hilol", "As-Sadd", "Pohang Stilerz", "Kerezo Osaka", "Seul", "Sanfrechche Xirosima", "Guanchjou Evegrande", Jeonbuk Xyunday Motors", "Vestern Sidney Uonderers" va "Kavasaki Fronteyl" bu yilgi Osiyo Chempionlar ligasining nimchorak finaliga chiqqan jamoalar bo‘lishdi.

Xitoyning "Guanchjou Evegrande" klubi esa, amaldagi Osiyo Chempionlari chempioni sanaladi.

"Bunyodkor" klubi matbuot kotibi Abror Imomxo‘jayev bilan suhbatimizni to‘liq tinglash uchun pleyyerni o‘ynang.