BBC mehmoni - Otanazar Matyoqubov

Professsor Otanazar Matyoqubov 1946 yilda Xevada tug‘ilgan.

Maktabning 7-sinfini tugatib, Buxoro muzika o‘quv yurtiga kirgan.

1964 yilda o‘quv yurtini bitirib, Toshkent Konservatoriyasiga o‘qishga kirgan.

Otanazar Matyoqubov 1970 yilda konservatoriyadagi tahsilini tugatgan.

So‘ng aspiraturaga kirgan va uch yildan keyin uni yakunlagan.

Yosh musiqashunosning ilmiy tadqiqot mavzusi Xorazm maqomlariga bag‘ishlangan.

U 1976 yilda Leningradda nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagan.

Ko‘pchilik Otanazar Matyoqubov 1980-yillarda televideniyeda olib borgan O‘zbek mumtoz kuy va qo‘shiqlariga bag‘ishlangan "Barhayot navolar" ko‘rsatuvini yaxshi eslaydi.

U 1986 yilda Xizmat ko‘rsatgan san‘at arbobi unvoni bilan taqdirlangan.

Otanazar Matyoqubov O‘zbekiston prezidenti devoni, Tashqi ishlar vazirligidagi mas‘ul lavozimlarda ishlagan, O‘zbekiston Madaniyat vazirining 1-o‘rinbosari bo‘lgan yillarda ham o‘zining ilmiy-tadqiqot faoliyatini to‘xtatmagan.

Olimning 10 ta kitobi nashr etilgan, hozir ham mumtoz O‘zbek musiqasiga bag‘ishlangan asarlari ustida ishlamoqda.

Otanazar aka, "mumtoz O‘zbek muzikasi" degan ta‘rif noto‘g‘ri, deydi va mumtoz muzika orasidan faqat maqom tanlanishini ham noto‘g‘ri yondashuv, deb hisoblaydi.

BBC mehmoni - O‘zbek musiqasi bilimdoni Otanazar Matyoqubovga savollaringizni sahifamizning quyi qismidagi maxsus forma orqali yoki uzbek@bbc.co.uk elektron manzilimizga yo‘llang.

BBC mehmoni savollaringizga ham internet va ham radio orqali javob beradi.

Suhbatning radio versiyasini shanba kungi "Daraklar" dasturida tinglay olasiz.

Savollarini radio uchun o‘z ovozlari bilan berishni istagan tinglovchilarimizdan o‘zlarining telefon raqamlarini ham yozib yuborishni so‘raymiz.

Ruknimizning keyingi mehmonlari kimlar bo‘lishini istaysiz?

Bu haqdagi fikrlaringizni kutib qolamiz.