BBC Halab vayronalari orasida

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

BBCning tasvirga olish guruhi Halab shahrida bo‘lib qaytdi.

Halab shahri bir paytlar Suriya iqtisodining yuragi edi.

Bugun o‘sha gullab-yashnagan markazdan faqat vayronalar qolgan.

Yirik shaharning 40 foiz aholisi chiqib ketishga majbur bo‘lgan.

Halabda qolganlar ham kechasiyu-kunduzi o‘lim tahdidi ostida yashaydilar.

Suriya hukumat kuchlari shahardagi aholi maskanlarida yashirinayotgan terrorchilarni nishonga olayotganini aytadi.

Biroq osmondan tashlanayotgan bomba bochkalaridan eng jabr ko‘rayotganlar tinch aholidir.