Seulda ikki poyezd to‘qnashishi natijasida o‘nlab inson jarohatlangan

Image copyright Reuters

Janubiy Koreya ommaviy axborotlariga ko‘ra, Seuldagi ikki yo‘lovchi poyezdi to‘qnashib ketishi oqibatida o‘nlab insonlar tan jorahati olgan, yaralanganlarning soni aniqlashtirilmoqda.

Dastlabki ma‘lumotlarga ko‘ra, 78 kishi jarohat olgan bo‘lishi mumkin. Mahalliy televideniye 170 dan ortiq inson jarohatlanganini aytgan.

Ayni paytda halokat sabablari o‘rganilmoqda.

Bundan ikki kun oldin mamlakat prezidenti Pak Kin Xen 16 aprel kuni cho‘kib ketgan Sevol kemasida halok bo‘lganlarning yaqinlaridan kechirim so‘ragan edi.

Bortida 476 yo‘lovchi, aksariyati maktab o‘quvchilari va o‘qutuvchilari bo‘lgan kema Janubiy Koreya qirg‘og‘ida halokatga uchragan, ikki soatdan keyin cho‘kkan.

Halokatdan so‘ng kemaning barcha ekipaj a‘zolari qo‘lga olingan, ularga qarshi jinoiy ish ochilgan.

"Sevol" fojeasi ortidan Janubiy Koreya bosh vaziri ham iste‘fo berishga majbur bo‘ldi.