Taniqli O‘zbek shoirasi Farog‘at Kamolovaga savol bering

Farog‘at Kamolova 1959 yil 27 martida Jizzax tumanidagi Mo‘lkanlik qishlog‘ida tug‘ilgan.

1981 yil ToshDUning Jurnalistika fakultetini tamomlagan.

Farog‘at Kamolovaning dilga yaqin nafis she‘rlari she‘riyat muxlislariga yaxshi tanish.

Farog‘at Kamolova O‘zbek she‘riyatida o‘z o‘rniga, ovoziga ega shoira.

Shoiraning dastlabki she‘riy to‘plami - "Osmon parchasi" 1982 yilda nashr qilingan.

Uning "Uzoq safarlar", "Holatlar kitobi", "Bargizub" kabi kitoblari nashr etilgan.

Ayni paytda erkin ijod qiladi.

Turmush o‘rtog‘i yozuvchi Ahmad A‘zam vafotidan keyin Farog‘at Kamolova adibning oxirgi paytlarda yozgan qo‘lyozmalari, qoralamalari ustida ishlayotganini aytadi.

Farzandlari, nevaralari bor.

Farog‘at Kamolovaning she‘rlaridan namunalar

BBC mehmoni Farog‘at Kamolovaga savollaringizni sahifamizning quyi qismidagi maxsus forma orqali yoki uzbek@bbc.co.uk elektron manzilimizga yo‘llang.

BBC mehmoni savollaringizga ham internet va ham radio orqali javob beradi.

Suhbatning radio versiyasini shanba kungi "Daraklar" dasturida tinglay olasiz.

Savollarini radio uchun o‘z ovozlari bilan berishni istagan tinglovchilarimizdan o‘zlarining telefon raqamlarini ham yozib yuborishni so‘raymiz.

Ruknimizning keyingi mehmonlari kimlar bo‘lishini istaysiz?

Bu haqdagi fikrlaringizni kutib qolamiz.

-------------------------------------------------------------------------------------------

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 7858 860002