Turkiyada kon cho‘kishi natijasida 100 dan ortiq odam qamalib qolgan

Image copyright AP

Turkiyadagi konlardan birida halokat yuz berishi natijasida kamida 20 kishi o‘lgan, 200 ga yaqini yer ostida qamalib qolgan.

Portlash va yong‘in mamlakat g‘arbidagi Soma shahridagi konda yuz bergan.

Rasmiy ma‘lumotlarga qaraganda, fojeaga ikki chaqirim chuqurlikdagi elektr tarmog‘ida nosozlik sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda.

Cho‘kish yuz berganda 250 konchi tashqariga chiqishga muvaffaq bo‘lganlar.

Ayni paytda qutqarish ishlari olib borilayotgani xabar qilinadi.

Image copyright hurriyet.com.tr

-------------------------------------------------------------------------------------------

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 7858 860002