O‘zbekistonlik qochqinlar muhojirlarmi va yo mujohidlar?

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Markaziy Osiyo, xususan, O‘zbekistondan turfa sabablar bilan Turkiyaga muhojir bo‘lib kelayotganlar bo‘yicha biror bir rasmiy ma‘lumot yo‘q.

Ammo, BBC O‘zbek Xizmati o‘tkazgan tekshiruvlarga ko‘ra, bugun birgina Istanbulda minglarcha o‘zbekistonliklar umrguzaronlik qilishmoqda.

Bu muhojirlar nafaqat iqtisodiy sabablar, balki e‘tiqodi va siyosiy qarashlari uchun tazyiq ostiga olinganlari va vatanni tark etishga majbur bo‘lganlarini aytishadi.

Turkiya o‘zbek mujohidlari uchun ham Suriya va boshqa Yaqin Sharq davlatlariga o‘tishda ko‘prik bo‘lib xizmat qilayotgani borasida xabarlar chiqqandi.

BBC tekshiruvlarida ayrim markaziy osiyoliklar, xususan, o‘zbekistonliklarning Suriyaga o‘tishgani haqidagi xabarlar qisman tasdig‘ini topdi.

(Videolavhada xavfsizlik nuqtai nazaridan ayrim qahramonlarning yuzlarini ko‘rsatmadik)

Gulsevar Zamon lavhasi.

-------------------------------------------------------------------------------------------

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 7858 860002