Qarshidagi savdogarlardan tijoratni to‘xtatish talab qilindi

Image copyright bbc

Qarshi shahridan huquq faollarining xabar berishlaricha, 14-may kuni o‘zini shahar xokimi o‘rinbosari deya tanishtirgan shaxs Furqat ko‘chasida savdo qiluvchi savdogarlarlarni yig‘ib majlis o‘tkazgan.

O‘zining ismi-sharifini ochiqlamagan ushbu rasmiy Furqat ko‘chasida yillar mobaynida tijorat bilan shug‘ullunib kelgan barcha savdogarlarning o‘z faoliyatlarini to‘xtatishni qat‘iy talab qilgan.

Rasmiy 15-maydan boshlab bu ko‘chada savdo qilishga hech kim qo‘yilmasligi, mol mulklari musodara qilinishini aytgan.

Unga ko‘ra, bu ko‘chadagi savdo faoliyatlari noqonuniydir.

Furqat ko‘chasida savdo asosan qo‘bola peshtaxalardan olib boriladi.

Yig‘ilgan savdogarlar rasmiy talabiga qarshilik ko‘sartib, evaziga ish bilan ta‘minlashni so‘rab bergan savollari ochiq qolgan.

Huquq faoli Nodir Ahatovning BBC bilan suhbatda aytishicha, ko‘plab qarshiliklar uchun ish imkoniyatlari yo‘qligi va maoshlarning yetarli emasligi tufayli Furqat ko‘chasidagi savdo oilalarni tebratishning asosiy yo‘llaridan biriga aylangan.

Nodir Ahatovning aytishicha, Qarshidagi bozorlarda savdo qilish uchun ishlab chiqilgan tartib-qoidalar va savdodan tushgan va bankka qo‘yilgan naqd pulni olish muammolari savdogarlarni aynan Furqat ko‘chasi kabi yerlarda savdo qilishlariga majburlamoqda.

Rasmiylar esa bu muammolarga e‘tibor qaratish o‘rniga savdogarlar faoliyatini cheklash kabi samarasiz choralarni ko‘rmoqdalar, deya hisoblaydi huquq faoli.

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

-------------------------------------------------------------------------------------------

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 7858 860002