O‘zbekiston konsulliklaridan ro‘yxatdan o‘tmaganlar o‘zbek fuqaroligidan mahrum qilinadimi?

Image copyright none

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi doimiy yashash uchun xorijga chiqib ketgan, ammo konsullik ro‘yxatidan o‘tmagan 2000 ga yaqin kishi o‘zbek fuqaroligidan mahrum qilinishi mumkinligi haqida ogohlantirgan.

Bu haqdagi ogoh va ro‘yxatdan o‘tmagan fuqarolar ro‘yxati xorijdagi O‘zbekiston elchixonalarining konsullik bo‘limi veb sahifasida joylashtirilgan.

O‘zbekistonning Olmoniyadagi konsulligi ushbu fuqarolarning ro‘yxatini e‘lon qilgan.

Fuqarolik haqidagi qonundan iqtibos keltirilishicha, 5 yil davomida uzrsiz sabab bilan konsullik ro‘yxatidan o‘tmaganlar O‘zbekiston fuqaroligidan chiqariladi.

So‘nggi yillarda xorijga chiqayotgan o‘zbekistonliklar pasport va fuqarolik masalasidagi rasmiyatchiliklar va konsulliklarning o‘zlariga nisbatan muomalasidan shikoyat qilishadi.

Xo‘sh, konsullik hisobida turmagan fuqarolar ro‘yxati nima uchun aynan hozir paydo bo‘lmoqda?

BBC ushbu savolni Kanadada yashayotgan o‘zbekistonlik huquqshunos va jurnalist Baxtiyor Shohnazarovga berdi.

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

-------------------------------------------------------------------------------------------

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 7858 860002