O‘zbekistonliklar o‘z huquqlari va erkinliklari ta‘minlanishidan rozimi?

O‘zbekistondagi Ijtimoiy fikr markazi o‘tkazgan omma fikrini o‘rganish so‘rovi natijalariga ko‘ra, so‘ralganlarning 93 foizi o‘z huquqlari va erkinliklari ta‘minlashi darajasidan to‘la qoniqishlarini aytishgan.

O‘zbekistondagi so‘rovlar bu kabi natijalarni mutassil ravishda namoyon etib kelishi bilan birga, ayni vaqtda qator xalqaro tashkilotlar inson huquqlari vaziyatiga baho berar ekanlar, O‘zbekistonni hamisha fuqarolar huquqlari eng ko‘p toptaladigan, vaziyat o‘ta abgor mamlakatlar safiga qo‘shib keladilar.

Nima uchun o‘rtada bu kabi farq ko‘rinadi? BBC Ijtimoiy fikr markazi direktori o‘rinbosari Marat Hojimuhamedov bilan suhbatlashib, dastlab so‘rovda kimlar ishtirok etganligi bilan qiziqdi.

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Ijtimoiy Fikr markazi o‘tkazgan so‘rovga O‘zbekistonlik mustaqil himoyachilarning munosabati qanday? Himoyachi Ruhiddin Komilov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

-------------------------------------------------------------------------------------------

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 7858 860002

Agar matnda imlo xatosi bo‘lsa, bizga bildiring.