BBC mehmoni o‘shlik shoir va jurnalist Davron Hotam

Davron Nasibxonov 1981 yil 26 oktyabrda Qirg‘izistonning Jalolobod viloyati, Safed Bulon qishlog‘ida tug‘ilgan.

1999-2004 yillarda O‘sh Davlat universitetining O‘zbek filologiyasi fakultetida tahsil olgan.

Davron Hotam taxallusi bilan ijod qiladi.

"Xirgoyi", "Ko‘ngulga yo‘l" she‘riy to‘plamlarining muallifi.

Talabalik chog‘laridan boshlab, mahalliy "Demos Tayms", "Farg‘ona" ro‘znomalarida muxbir, "DDD" va "Iqtidor" gazetalarida muharrir, "Siyosat" gazetasida kreativ bo‘lim muharriri sifatida faoliyat olib borgan.

2004 yildan 2010 yilga qadar O‘sh Davlat universitetida zamonaviy adabiyot yo‘nalishi bo‘yicha talabalarga saboq bergan.

Universitetda tashkil etilgan "Navnihol" xalq teatrida aktyor va rejissyor yordamchisi sifatida faoliyat olib borgan.

Ayni vaqtda 2012 yili millatlararo do‘stlikni tiklash maqsadida O‘shda tashkil etilgan "Intimaq" xududiy jamoat teleradiokompaniyasida O‘zbek bo‘limining muharriri sifatida ishlaydi.

Mazkur kompaniyaning radio, televideniye hamda o‘z sayti bo‘lib, ma‘lumotlar o‘zbek, qirg‘iz va rus tillarida berib boriladi.

Davron Hotam Markaziy Osiyo o‘zbek ijodkorlari uchun tashkil etilgan "Ijodkor" saytining asoschisi hisoblanadi.

Davron Xotamga savollaringizni sahifamizning o‘ng tomonidagi maxsus forma orqali yoki uzbek@bbc.co.uk elektron manzilimizga yo‘llang.

BBC mehmoni savollaringizga ham internet va ham radio orqali javob beradi.

Suhbatning radio versiyasini shanba kungi "Daraklar" dasturida tinglay olasiz.

Savollarini radio uchun o‘z ovozlari bilan berishni istagan tinglovchilarimizdan o‘zlarining telefon raqamlarini ham yozib yuborishni so‘raymiz.

Ruknimizning keyingi mehmonlari kimlar bo‘lishini istaysiz?

Bu haqdagi fikrlaringizni kutib qolamiz.

-------------------------------------------------------------------------------------------

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 7858 860002