Ravshan Ermatov Braziliyaga yo‘l oldi

Image caption Ravshan Ermatov jahondagi eng nufuzli hakamlardandir

O‘zbekiston hukumatiga tegishli "Jahon" xabar agentligi xabar berishicha, FIFAning o‘zbekistonlik hakamlari guruhi Ravshan Ermatov boshchiligida Braziliyaga uchib ketganlar.

Ular 12 iyundan 13 iyulgacha Braziliyada bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha Jahon kubogida hakamlik qiladilar.

O‘zbekiston futbol federatsiyasi xabar qilishicha, janob Ermatovga uning yana bir vatandoshi Abduhamidullo Rasulov va qirg‘izistonlik Bahodir Qo‘chqorov yordam beradilar.

Jahon kubogida hakamlik qilish Ovro‘podan to‘qqizta, Janubiy Amerikadan beshta, Osiyodan to‘rtta, Afrikadan uchta, Shimoliy Amerikadan uchta, Tinch Ummoni havzasidan bitta hakamlar guruhiga yuklatilgan.

Ravshan Ermatov Jahon kubogiga MDH va Boltiqbo‘yi davlatlaridan jalb qilingan yagona hakamdir.

-------------------------------------------------------------------------------------------

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 7858 860002

Your contact details
Disclaimer