Markaziy Osiyodan xabarlar qisqa satrlarda

Image copyright RIA Novosti
Image caption "Zahri qotil" vodkalar

Mast yoshlar to‘dasi Rossiyada yana bir o‘zbekistonlikni urib o‘ldirishdi

Internet nashrlari qatorida Rossiya musulmonlarning Diniy Boshqarmasi web sahifasi o‘zbekistonliklar Kaluga viloyatining Balabanova shahrida bir guruh mast to‘da tomonidan kaltaklangani haqida yozgan. O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan jabrdiydilar mahalliy novvoyxonada ishlashgan. Ichib olgan yoshlarni nonvoyxona egasi tinchlantirishga harakat qilgan, ammo to‘da uni kaltaklab o‘ldirgan. Bu haqda mahalliy tergovchi xabar qilgan. Yana ikki nafar o‘zbekistonlik kasalxonaga olib ketilgan. Hozir ayni hodisa bo‘yicha “Qotillik” aybi bilan jinoiy ish ochilgan. Bir necha kishi hibsga olingani aytiladi.

Image copyright BBC World Service
Image caption Ozoda Rahmonning siyosiy faolligi targ‘ib qilinmoqdami?

Emomali Rahmonning qizi Tojikistonning navbatdagi prezidentimi?

Ijtimoiy tarmoqlar so‘nggi payt Tojikiston matbuotida prezident Rahmonning qizi Ozoda Rahmonning nomi bot-bot zikr etilayotgani haqida bahsu munozaralarga sahna bo‘layotir. O‘tayotgan haftada mamlakat Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ozoda Rahmon Amerika Qo‘shma Shtatlari va Tojikiston o‘rtasidagi maslahat kengashi yig‘iniga raislik qilgan. Bu yig‘in Tojikiston davlat televizioni orqali ham yoritilgan. Tojikistondagi bir necha yirik va muhim davlat lavozimlari mamlakat prezidentining qarindoshlari tomonidan egallangani muxolifat tomonidan yillarki tanqid qilib kelinadi.

Image copyright b
Image caption Toktogulda suv kammi yo..?

Toshkent gaz bermasa ham Qirg‘iziston o‘z qo‘shnisini suvsiz qoldirmaydi

Bu haqda mamlakatning Bosh vazir o‘rinbosari Tayirbek Sarpashev ma‘lum qilgan. Avvalroq, Qirg‘iziston parlamentida qo‘shni O‘zbekistonga suv ta‘minotini to‘sib qo‘yish taklif qilingandi. Sarpashev janoblariga ko‘ra, ikki mamlakat o‘rtasidagi muammolar diplomatik yo‘lda hal qilinishi kerak. Qirg‘iziston tomoniga ko‘ra, Toqtogul suv omborida suv etishmovchiligi qo‘shni davlatga murvatlarni burab qo‘yish masalasi ko‘tarilishiga sabab bo‘lgan. Ammo ba‘zi kuzatuvchilar Qirg‘iziston O‘zbekistondan gaz ta‘minotidagi uzilish uchun javob yo‘llarini qidirmoqda.

-------------------------------------------------------------------------------------------

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 7858 860002

Agar matnda imlo xatosi bo‘lsa, bizga bildiring.