O‘zbekiston: qamoqdan chiqarilgan huquq faoli og‘ir xasta

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

O‘zbekistonda o‘tgan hafta qamoqdan ozod etilgan "Ezgulik" inson huquqlari jamiyatining Angren shahar bo‘limi rahbari Abdurasul Xudoynazarov og‘ir ahvolda Toshkentdagi onkologik kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan.

59 yoshli sobiq mahbusga saraton tashxisi qo‘yilgan.

U shuningdek, o‘tkir sil xastaligi bilan og‘riydi.

Abdurasul Xudoynazarov 2005 yil iyunida hibsga olingan va 2006 yilning yanvarida ta‘magirlik hamda qalloblik ayblari bilan 9 yarim yilga ozodlikdan mahrum etilgandi.

Uning qiynoqqa solingani xabar qilingan.

Nyu Yorkda joylashgan Human Rights Watch inson haqlari tashkiloti O‘zbekiston hukumatini Xudoynazarovning qiynoqqa solingani va tibbiy muolajadan mahrum qilingani haqidagi iddaolar yuzasidan tekshiruv o‘tkazishni talab qilgan.

Tashkilot shuningdek, O‘zbekistondagi siyosiy ayblar bilan qamoqqa tashlangan boshqa ko‘p sonli faollarni ham ozod etishga chaqirgan.

Hamkasblari Xudoynazarov huquq-tartibot idoralaridagi korruptsiyaga qarshi faol kurashgani uchun jazolanganini aytishadi.

Shu yil aprelida u og‘ir ahvolda Navoiydagi qamoqxonadan Toshkentdagi Sangorodga olib kelingandi.

BBC juma kuni shifoxonadan Angrendagi uyiga qaytgan Abdurasul Xudoynazarovning o‘zi bilan bog‘lanib, avvaliga sog‘ligi haqida so‘ragan.

-------------------------------------------------------------------------------------------

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 7858 860002

Agar matnda imlo xatosi bo‘lsa, bizga bildiring.