Rossiya: Politkovskaya qotillari bir umrlik qamoq jazosini oldilar

Image copyright AP
Image caption Chapdan o‘ngga: Lom-Ali Gaytukayev, Ibragim Mahmudov va Sergey Hojiqurbonov

Moskvada mahkama ikki kishini 2006 yilda taniqli jurnalist Anna Politkovskayaning qotilligiga bog‘liqlikda bir umrlik qamoq jazosiga hukm etgan.

Bu ikki shaxs o‘tgan oy Politkovskaya xonimning qotilligida aybdor deb topilgan besh kishi orasidadir.

Rossiyaning Chechenistondagi urushining ashaddiy tanqidchisi bo‘lgan 48 yoshli jurnalist o‘zi yashaydigan ko‘p qavatli binoning liftida otib o‘ldirilgandi.

Besh kishidan uch nafari avvalroq oqlangandi, biroq Rossiyaning Oliy mahkamasi ularning ishi qayta ko‘rib chiqilishini buyurgan.

Bir umrlik qamoq jazosiga hukm qilingan Rustam Mahmudov to‘pponchani otishda aybdor deb topildi.

Image caption Politkovskaya Putinning Chechenistondagi urushining ashaddiy tanqidchisi edi

Uning tog‘asi Lom-Ali Gaytukayev qotillikni uyushtirishda aybdor deb topilib, u ham bir umrlik qamoq jazosiga mahkum qilindi.

Mahmudovning ikki akasi va yana bir kishiga berilgan qamoq jazolari 12 yildan 20 yilgachadir.

Politkovskaya xonim Rossiyaning Chechenistondagi urushda inson huquqlarini qanday toptagani haqida qilgan tergovi "Novaya Gazeta" gazetasida chop qilingan va uni xalqaro hamjamiyatga tanitgan.

Uning Prezident Vladimir Putin va chechen rahbariyatiga qarshi olib borgan ochiqcha tanqidiy chiqishlari hukumatdagilarni g‘azablantirgan.

Politkovskayaning yaqin hamkasblari va oilasi uni o‘ldirishga buyruq bergan asl fitnachilar jazosiz qolayotganini aytishadi.

-------------------------------------------------------------------------------------------

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 7858 860002

Agar matnda imlo xatosi bo‘lsa, bizga bildiring.

Your contact details
Disclaimer