"Hamma barmoqlarimni kesib tashlasalar ham ovoz beraman"

Image copyright AFP l GettyImages

Afg‘onistonda Toliblar tahdidi ostida o‘tgan ikkinchi davra saylovlari qurbonlarsiz kechmadi.

Afg‘oniston rasmiylarining xabar berishlaricha, mamlakat shimolida yo‘l chetida o‘rnatilgan bombaga duch kelib saylov rasmiylaridan 11 kishi halok bo‘lgan.

Ayni vaqtda kecha prezidentlik saylovlarining ikkinchi davrasida ovoz bergan saylovchilardan qator shaxslarni Toliblar barmoqlarini kesib, jazolanganlari haqida xabarlar kelgan.

Saylovlarning ikkinchi davrasi mobaynida turli hujumlar tufayli shu vaqtgacha 60 kishi o‘ldirilgan.

10 dan ortiq odamning barmoqlari kesilgan. Ularning aksariyati keksa kishilar bo‘lishgan. Hozircha bu borada Tolibon biror-bir izoh bermagan. Biroq, saylovlar oldi Tolibon kimki ovoz berishda qatnashsa, uning barmog‘ini kesish bilan tahdid qilgan edi.

Afg‘onistondagi BBC muxbiri Humoyun Hadidning xabar berishicha, saylovda qatnashgani uchun barmog‘i kesilgan kishi u bilan suhbatda saylovdan qaytib kelayotganlarida qurollangan toliblar o‘zlarini ushlab, boshqa qishloqqa olib ketganlari va u yerda barmog‘ini kesganlarini gapirib bergan.

"Hamma barmoqlarimni kesib tashlaganlarida ham saylovda ovoz berishga borishdan qaytmayman", degan u. Biz mamlakatimiz tinch bo‘lishini xohlaymiz, yangi prezident uni tanlash uchun qanday ahvolga tushganimizni ko‘rsin, ahvolni yaxshilashga harakat qilsin, yurtimiz kelajagi biz uchun muhim", - deydi afg‘onistolik fuqaro.

Afg‘onistonliklar bunday saylovlarni qancha kutganlari, barcha umidlari yangi prezident kelib, hayotlari xavfsiz va farovon bo‘lishidan umid qilayotganlarini aytganlar.

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

-------------------------------------------------------------------------------------------

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 7858 860002