Karimov Janubiy Koreyaning "Ovrosiyo" loyihasini dastaklaydimi?

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Image copyright Reuters
Image caption Pak xonim Prezident Karimov bilan iqtisodiy munosabatlarni muhokama qiladi

Janubiy Koreya Prezidenti Pak Kin Xe O‘zbekistonga uch kunlik tashrifini boshlamoqda.

Ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlar Prezident Karimov bilan muzokaralar markazida bo‘lishi kutilmoqda.

Koreya matbuotiga ko‘ra, keyinroq Qozog‘istonga ham safar qilishi kutilayotgan Pak xonim mintaqa rahbarlari bilan muzokaralar chog‘ida o‘zining "Ovrosiyo Tashabbusi" ning tamal toshini qo‘yishga harakat qiladi.

O‘tgan yil oktyabrida e‘lon qilingan tashabbus Ovrosiyo mintaqasidagi davlatlar o‘rtasida ko‘proq logistika va energetika infratuzilmalarini tashkil qilish va savdoni erkinlashtirish orqali Ovro‘po Ittifoqiga o‘xshash yirik umumiy bozorni yaratishni nazarda tutadi.

Tahlilchilarga ko‘ra,shu yo‘l bilan sharqdagi Janubiy Koreya qadimiy Ipak Yo‘liga qo‘shilishga umid qilmoqda.

Prezident Islom Karimov o‘tgan oy Rossiya, Qozog‘iston va Belarus o‘rtasida tuzilgan Ovrosiyo Ittifoqi a‘zo davlatlar mustaqilligiga tahdid solishini aytgan, ammo Janubiy Koreya bilan muhim iqtisodiy aloqalarga ega bo‘lgan O‘zbekiston rahbari rasmiy Seulning taklifini xush qarshilashi mumkinligi aytilmoqda.

Biroq hozirning o‘zida Putinning Ovrosiyo Ittifoqiga a‘zo bo‘lgan Qozog‘iston bu tashabbusga qanday qaraydi?

BBC ushbu mavzuda Ostonadagi Ovrosiyo Universiteti dotsenti, iqtisodchi Saparboy Jubayev bilan suhbatlashgan.

-------------------------------------------------------------------------------------------

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 7858 860002