Toshkent "xavfli estremistni" qidirmoqdami?

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Toshkentda Ichki ishlar vazirligi va xavfsizlik xizmati xodimlari xorijda maxsus tayyorgarlikdan o‘tgani da‘vo qilingan xavfli ekstremistni qidirayotgani haqidagi e‘lonlar paydo bo‘lgan.

Anhor.uz nashrining Toshkent shahar Milliy Xavfsizlik Xizmatiga iqtibosan xabar berishicha,kelib chiqishi Farg‘ona vodiysidan bo‘lgan 30-35 yoshlardagi shaxs Toshkentda yashirinmoqda.

Xabarda uning "xalqaro terrorchi tashkilot a‘zosi" ekani ayilgan, ammo tashkilot nomi tilga olinmagan.

Toshkentdan inson huquqlari faoli Sur‘at Ikromovning aytishicha, so‘nggi paytlarda bu kabi e‘lonlarning ko‘paygani kuzatiladi.

Bu kabi "qidirilayotgan shaxslar" haqidagi e‘lonlar Toshkentning turfa mintaqalarida, xususan G‘arb davlatlari elchixonalari atrofiga ham yopishtirilgan.

Aksariyat qidirilayotganlar inson huquqlari faollariga ko‘ra, asosan "diniy ekstremizm"da gumon etilayotgan shaxslar ekan.

Surat Ikromovga ko‘ra, bu kabi ro‘yxat yangilanib turadi.

Qidirilayotganlar soni esa bir necha yuzlab ekani aytiladi.

Kuzatuvchilarga ko‘ra, O‘zbekistonda saylovlar mavsumi yaqinlashar ekan, hukumat bu kabi tashviqot amallarini ataydan yuritmoqda.

Muxolifat va o‘zgacha fikrlaydigan shaxslarni qamoqqa tashlash Toshkent rejimi uchun odatiy hol sanaladi.

-------------------------------------------------------------------------------------------

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 7858 860002