O‘zbekistonda Hizb ut-Tahrir "amiri"ning qamoqdan jasadi chiqarilgan

Image caption Abdurahim To'xtasinov jasadida dahshatli qiynoq izlari bo‘lgani aytiladi.

O‘zbekistonda faoliyati taqiqlangan Hizb ut-Tahrir firqasining ma‘lum qilishicha, O‘zbekiston qamoqxonasidan firqaning O‘zbekistondagi rahbari Abdurahim To‘xtasinov jasadi chiqarilgan.

Firqa chiqargan bayonotda ta‘kidlanishicha, uning jasadi chorshanbaga o‘tar kechasi yaqinlariga topshirilgan va ularga mayitni zudlik bilan ko‘mish buyurilgan.

43 yoshli Abdurahim To‘xtasinov sakkiz yil muqaddam O‘zbekiston Konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilishda gumon qilinib, hibsga olingandi.

Bi-bi-si hodisa tafsilotini bilish uchun Hizb ut-Tahrir faollaridan biri Islom Abu Halilga bog‘landi.

Abu Halilning marhumning yaqinlari so‘zlariga iqtibosan bildirishicha, jasadda dahshatli qiynoq izlari bo‘lgan.

Abdurahim To‘xtasinov 2000-2006 yillar orasida O‘zbekistondagi Hizb ut-Tahrir firqasining amiri sifatida faoliyat yurgizgan.

Islom Abu Halil so‘zlariga qaraganda, O‘zbekistonda Hizb ut- Tahrirning 6 mingga yaqin a‘zosi bor deb ko‘riladi.

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Bi-bi-si O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02 - #