"Suv nilufarlari" £30 milliondan ortiqqa sotildi

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Londonda Klod Mone mo‘yqalamiga mansub "Suv nilufarlari" (Nympheas) 31.7 million funt sterlingga sotilgan.

Bu kimoshdi savdosida Monening ishiga qo‘yilgan ikkinchi eng yuqori bahodir.

Rassom "Suv nilufarlari"ni 1906 yil, Jivernida (Frantsiya) joylashgan o‘z uyi bog‘chasidagi nilufargullar o‘sadigan hovuzchadan ilhom olib yaratgani aytiladi.

31.7 million funt sterling xaridorning sug‘urta pulini ham o‘z ichiga olgan.

Videolavhda Sotheby kimoshdi savdo uyidan Filip Huk "Suv nilufarlari" va uning savdosi ahamiyati haqida gapirgan.

-------------------------------------------------------------------------------------------

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 7858 860002