Malikiy milliy birlik hukumati g‘oyasini rad etdi

Керри ва Маликий Image copyright AFP
Image caption Amerika al-Malikiyga Iroqqa barcha din va etnik guruhlar vakillarini jamlagan ma‘muriyat kerakligini aytgandi

Iroq Bosh vaziri Nuri al-Malikiy sunniy isyonkorlarga qarshi turish uchun milliy qutqaruv hukumati tuzish borasidagi chaqiriqlarni rad etgan.

Janob Malikiy bu chaqiriqlar - "konstitutsiyani ag‘darish va demokratik tajribaga barham berishga urinish" deya ogohlantirgan.

Qo‘shma Shtatlar al-Malikiyga Iroqqa barcha din va etnik guruhlar vakillarini jamlagan ma‘muriyat kerakligini aytgandi.

Hukumat kuchlari joriy oy isyonkorlar tarafidan ishg‘ol qilingan hududlarni qaytarib olishga muvaffaq bo‘lmagan.

Iroq xavfsizlik kuchlariga ko‘mak berish uchun 100dan ortiq Amerika harbiy maslahatchilari tayinlangan. Ular chorshanba kunidan ish boshlashlari kutiladi.

Ayni paytda AQSh Davlat kotibi Jon Kerri Bryusselda to‘plangan NATO rahbarlari bilan Iroq inqirozini muhokama qilishi kutiladi.

-------------------------------------------------------------------------------------------

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 7858 860002