Ijtimoiy minbar: Karimov bergan va‘dalarining ustidan chiqdimi?

Shu hafta O‘zbekistonda Islom Karimov hokimiyatga kelganiga 25 yil to‘ldi.

Chorak asr tarixan qisqa, ammo O‘zbekiston uchun butun-boshli davrdir.

Bu mustaqil O‘zbekistonning tarixidan ham uzoq bir muddat.

Bu davrda Karimovdan boshqa Prezidentni ko‘rmagan butun-boshli avlod yetishib chiqdi, bu avlod Karimov shiorlari, nutq va kitoblari ta‘siri ostida ulg‘aydi.

Ammo kattaroq yoshdagilar SSSR parchalangan va mustaqillik e‘lon qilingan alg‘ov-dalg‘ov zamon, Karimov hokimiyatga kelgan ilk kunlarni yaxshi eslashadi.

Bu avlod Karimovning hokimiyatda qolish uchun bergan aniq va‘dalari, jumladan, 1991 yilda bosh barmog‘ini ko‘tarib "avgustgacha chidanglar, baraka topkurlar, avgustda hammasi "vo" bo‘ladi" va 1992 yil yanvarida, Toshkentdagi talabalar qo‘zg‘olonidan keyin aytgan "men Prezident ekanman, nonning narxi oshmaydi!" degan so‘zlarini yaxshi eslaydi.

Siz O‘zbekistonni chorak asrdan buyon boshqarayotgan Prezident Karimovning qaysi va‘dalarini eslaysiz?

Prezident ularni bajardimi?

Ijtimoiy minbar ruknimizning keyingi haftadagi mavzusi yaqinda yana bir muddatga prezidentlikda qolishini e‘lon qilgan Islom Karimovning chorak asrlik boshqaruviga bag‘ishlanadi.

Fikrlaringizni Facebook dagi BBC Uzbek sahifasida qoldiring.

Mavzu muhokamasi butun hafta BBCUzbek.com va "Daraklar" dasturida.

-------------------------------------------------------------------------------------------

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 7858 860002