Ijtimoiy minbar: O‘zbekistonda Ramazon talablarini bajarish osonmi?

O‘zbekiston xalqi ham dunyo musulmonlari qatorida muqaddas Ramazon oyini nishonlamoqda. Ko‘pchilik o‘zbekistonlik musulmonlar ham Ramazon oyining asosiy talabiga muvofiq ro‘za tutishgan.

Ammo, O‘zbekistonda ro‘za tutish naqadar oson? Ro‘za oyining jazirama issiq kunlarga to‘g‘ri kelgani, harorat ba‘zi hududlarda +45 darajadan oshgani hisobga olinsa, oziq-ovqat va suvsiz yurish naqadar oson yo qiyin?

Issiq kunlarda ro‘za tutish sog‘ligingizga qanday ta‘sir qiladi deb o‘ylaysiz?

Ayni damda, O‘zbekiston ahlining asosan musulmon bo‘lishiga qaramay, mamlakatda ibodat imkoniyatlari cheklangan.

Xususan, O‘zbekistonda hukumat rasmiylari tomonidan belgilangan jome‘ masjidlaridagina Tarovih namozini o‘qish mumkin.

Ba‘zi viloyatlarda, aytilishicha, bir guruh bo‘lib kimningdir uyida, yoki ruxsati bo‘lmagan mahalla masjidlarida Tarovih namozini o‘qish mumkin emas. Lekin, iftor bo‘layotgan uyda Tarovih namozini o‘qiy olasizmi?

Yana ayrim viloyatlarda esa, yoshlarning, xususan o‘smir bolalarning masjidlarga namoz o‘qish uchun kirishlariga cheklov qo‘yilgan. O‘tmishda maktablar va ota-onalarga bu tajribani o‘smirlar o‘rtasida cheklash ko‘rsatmasi berilgan.

Sizning hududda bunga bog‘liq vaziyat qanday?

Undan tashqari, ro‘za tutish, iftorlik va boshqa Ramazon oyi bilan bog‘liq xususiyatlar sizning ro‘zg‘oringiz va kirim-chiqimingizga qanday ta‘sir qilayapti?

Umuman, O‘zbekistonda musulmon bo‘la turib Ramazon oyi talabalarini bajararish qanchalar oson yo qiyin?

Ijtimoiy minbar ruknimizning bu safargi mavzusi aynan shu boradagi fikrlaringizga asoslanadi. Fikrlaringizni Facebook va Odnoklassniki tarmoqlaridagi sahifalarimizda qoldiring!

-------------------------------------------------------------------------------------------

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 7858 860002

Your contact details
Disclaimer