Korruptsiyaga qarshi amallar natija beradimi?

O‘zbekistondan kelayotgan tasdiqlanmagan xabarlarga ko‘ra, mamlakat Milliy xavfsizlik xizmatining 40 nafar xodimi vazifasidan chetlatilgan.

Aytilishicha, ular noqonuniy tadbirkorlik, korruptsiya va davlat mablag‘larini o‘zlashtirishda ayblanmoqdalar. Ular orasida Xavfsizlik Xizmatining yuqori lavozimli zobitlari ham borligi aytilgan.

Bu xabarlarni tasdiqlashning imkoni yo‘q.

O‘tgan hafta esa, matbuotda O‘zbekistonda Davlat bojxona qo‘mitasi turli bo‘limlarida ishlovchi yuzga yaqin xodimi hibsga olingani haqida xabarlar tarqalgandi.

Toshkentdan jurnalist va huquq faoli Abdurahmon Tashanovning BBC bilan suhbatda aytishicha, Bojxona Qo‘mitasi qator xodimlarining 100 ga yaqin xodimi ustidan jinoiy tergov ishlari ochilgan va ulardan ba‘zilari ustidan hukm chiqarilib, qamoq jazolarini ham o‘tashmoqda.

Abdurahmon Tashanovning aytishicha, bu kabi ko‘p sonli davlat xizmatchilarining javobgarlikka tortilib, hatto jazolanganligi mamlakat bo‘ylab korruptsiyaga qarshi yirik kurash ketayotganidan dalolat beradi.

Lekin bu kurash ne qadar samar berishi va natijasi qanday bo‘lishini aytish qiyin. Chunki O‘zbekiston rahbariyati mamlakatda korruptsiyaga qarshi kurashayotganliklarini ancha yillardan beri aytib keladilar, lekin bu bilan korruptsiya darajasi tushmagan.

Bundan tashqari O‘zbekiston korruptsiya bilan vaziyatga baho beruvchi qator xalqaro tashkilotlar ro‘yxatlarida hamisha yuqor o‘rinni egallab kelmoqda.

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

-------------------------------------------------------------------------------------------

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 7858 860002