MXX va Bojxona qo‘mitasida ommaviy tozalash ketmoqdami?

Image copyright Reuters

O‘zbekistonda milliy xavfsizlik xizmatining o‘nlab xodimlari vazifasidan chetlatilgani haqida tasdiqlanmagan xabarlar yoyinlanmoqda.

Rasmiylar tomonidan ayni xabarlar na inkor va na tasdiq etilganiga qaramay, xavfsizlik xizmatining xodimlari yirik turdagi noqonuniy tadbirkorlik, davlat mablag‘larini o‘zlashtirish va korruptsiyaga aloqador bo‘lganlari haqida taxminlar o‘rtaga tashlangan.

O‘tgan hafta esa yarim rasmiy matbuotda Davlat bojxona qo‘mitasi turli bo‘limlarida ishlovchi yuzga yaqin xodimi hibsga olingani haqida xabarlar tarqalgandi.

Milliy xavfsizlik xizmati xodimlarining ishdan olinishi va ba‘zi xabarlarga ko‘ra, ulardan ayrimlarining hibsda ekani O‘zbekistonda yana qudrat bo‘lishish mojarolari boshlangani haqidagi taxminlarni o‘rtaga otgan.

BBC bilan suhbatda jurnalist Abdurahmon Tashanov ommaviy-axborot vositalarida "korruptsiyaga qarshi kurash" haqida xabarlar ko‘payganini aytadi.

"Jarayon o‘laroq bu narsa bor...ammo korruptsiyaga qarshi kurash oshkoralik, demokratiya va shaffoflik bilan kechmasa natijasi ijobiy bo‘lishi mushkul", deydi Abdurahmon Tashanov.

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

-------------------------------------------------------------------------------------------

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 7858 860002