BBC mehmoni - o‘zbekistonlik yosh pianinochi Naufal Muqimiyga savol yo‘llang

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

(Videolavha 2010 yil noyabrida tayyorlangan)

Naufal Muqimiy Toshkentda tug‘ilgan.

1998 yildan boshlab Uspenskiy nomidagi Respublika maxsus musiqa maktabida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan o‘qituvchi, professor Tamara Afanasevna Popovich qo‘lida tahsil olgan.

U 2002 yildan xalqaro sovrinlarni qo‘lga kirita boshlaydi.

Naufal Fransa, Litva (2002), Amerika Qo‘shma Shtatlari (2003) va Rossiyada (2005) o‘tkazilgan konkurslarda ishtirok etadi.

2007 yil Buyuk Britaniyadagi mashhur bilim dargohlaridan biri - Pursel maktabi (Purcell School) Naufalga grant bilan o‘qish imkoniyatini beradi.

U 2009 yil Olmoniyaning Veymer shahrida yosh pioninochilar Xalqaro Frans List konkursi finalisti bo‘ladi.

Naufal keyin o‘qishini Londondagi Triniti-Laban musiqa va raqs konservatoriyada davom ettiradi.

2013 yil u musiqa kollejini eng yuqori natijalar bilan yakunlagan.

Image copyright none
Image caption "Naufal juda o‘ziga xos talant", deydi professor Deniz Gelenbe

Konservatoriyadagi o‘qishi jarayonida Naufal yana qator xalqaro sovrinlarni qo‘lga kiritgan.

Naufal ijro etgan Balakirevning Sharq fantaziyasi turkumidagi "Islamey" kompozitsiyasi Britaniyaning mashhur radio kanali Classic FM to‘lqinlarida havoga uzatilgan.

Yaqinda u Santa Chechiliya Pioninochilar xalqaro konkursida birinchi o‘rinni egalladi.

Naufal ayni paytda Londondagi Triniti-Laban musiqa va raqs konservatoriyasida professor Deniz Gelenbe qo‘lida tahsilini davom ettirmoqda.

Naufal Muqimiyga savollaringizni quyidagi forma orqali bbcuzbek.com ga yo‘llang.

BBC mehmoni savollaringizga ham internet va ham radio orqali javob beradi.

Suhbatni radio orqali shanba va yakshanba kungi “Daraklar” dasturida tinglay olasiz.

Savollarini radio uchun o‘z ovozlari bilan berishni istagan tinglovchilarimizdan o‘zlarining telefon raqamlarini ham yozib yuborishni so‘raymiz.

Ruknimizning keyingi mehmonlari kimlar bo‘lishini istaysiz?

Bu haqdagi fikrlaringizni kutib qolamiz.

-------------------------------------------------------------------------------------------

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 7858 860002