Jurnalist Sid Yanishev: "Men xohlagan paytda o‘zimni xolis va haq ekanimni isbotlay olaman"

  • 7 Iyul 2014

Sid Yanishev taxallusi bilan ijod qiladigan Said Abdurahimov 1972 yili Toshkent shahrida tug‘ilgan.

U Toshkentdagi Jahon Tillari Universitetining Rus filologiyasi fakulteti va Mannon Uyg‘ur nomidagi san‘at institutining Teatr fakultetini tamomlagan.

Oddiy maktabda rus tilidan saboq bergan.

Toshkentdagi radio va telekanallarda ko‘rsatuv-eshittirish muallifi, boshlovchisi bo‘lgan.

Rus tilida nashr etiladigan "Biznes-Vestnik Vostoka", "Zerkalo XXI" ro‘znomalarining muxbiri bo‘lib ishlagan.

Sid Yanishev Rossiyadagi "Gazeta.ru", "Ferghana.ru" axborot agentliklarining, Urush va Tinchlik muammolarini yoritish institutining muxbiri, Uznews.net web-sayti muharriri sifatida faoliyat yuritgan.

Sid Yanishev qator mualliflik qo‘shiqlari festivallarining laureati bo‘lgan.

U Markaziy Osiyo PEN-klubining a‘zosidir.

Hozirgi paytda Sid Yanishev mustaqil jurnalist sifatida faoliyat yuritadi.

29 iyun kuni Toshkentdagi mahkama Sid Yanishevni uch ming AQSh dollaridan ziyod jarimaga tortish va kamerasini tortib olish haqida qaror chiqargan.

Mustaqil jurnalist Sid Yanishevga qarshi jinoyat ishi qo‘zg‘atilishi O‘zbekiston Konstitutsiyasi va qonunlarni nazar-pisand qilmasdan mahalliy amaldorlar sodir etayotgan o‘zboshimchaliklarini pinhon tutish, bu qonunbuzarliklarni jamoatchilikka oshkor qilgan jurnalistlarning "ovozini o‘chirish" maqsadidagi harakatlar deb baholandi.

Mustaqil jurnalist Sid Yanishevning BBC o‘quvchilari savollariga javoblari

-------------------------------------------------------------------------------------------

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 7858 860002