Isroil G‘azo bo‘lgasiga yirik havo hujumlarini boshlagan

Image copyright Reuters

Seshanba kuni tunda Isroil uchoqlari Hamasning yigirmadan ortiq bazalarini nishonga olishi natijasida kamida 14 falastinlik yaralangan.

Isroil buni yahudiylar davlati hududi Hamas tomonidan raketadan hujumga tutilishi uchun javob amali demoqda.

G‘azodagi BBC muxbiriga ko‘ra, falastinliklar ham o‘z navbatida Isroil shaharlariga raketalar otishgan. Isroil mamlakatning janubiy tumanlari aholisiga maxsus binolarda qolishlariga chaqirgan.

Avvalroq G‘azoga qarshi quruqlikdagi harbiy harakatlar boshlanishi aytilgan, biroq oxirgi daqiqalarda bu qaror bekor qilingandi.

Image copyright Reuters

Isroil hujumlarida olti jangchisini qurbon bergan Hamas buning uchun "sionist agressiyasi"dan ayovsiz o‘ch olishini ta‘kidladi.

Isroil esa Hamasni mintaqadagi vaziyatni taranglashtirayotganda ayblagan. Shu bilan birga, zahiradagi 1500 askarni armiya safiga kiritgan.

Image copyright Reuters
Image caption Isroil hujumlarida tinch fuqarolar yaralangan

Isroil janubidagi vaziyat Sharqiy Quddusda falastinlik 17 yoshli o‘smirning shafqatsiz o‘ldirilishi orqasidan keskin yomonlashdi.

G‘azabnok falastinlik yoshlar Isroil politsiyasiga toshlar otganlar, politsiya ularga qarshi ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz va shovqin granatalari qo‘llagan.

O‘smirning o‘limi bundan oldin uch yahudiy bolaning o‘g‘irlab, o‘ldirilganiga javob bo‘lgan, degan farazlar bildirildi.

Raketalar

Isroil harbiylariga ko‘ra, dushanba kuni bir necha daqiqa ichida jangarilar G‘azodan 20 taga yaqin raketa otganlar. Undan to‘rttasi raketaga qarshi uskuna yordamida zararsizlantirilgan.

Hamas Isroilga raketalar otganini tasdiqladi va Isroil amalga oshirgan qotilliklari uchun juda qimmat to‘lashiga to‘g‘ri kelishiga va‘da berdi.

Ikki kun oldin falastinlik besh jangchi Rafah shahri yaqinidagi tunnelda halok etilgan.

Falastinliklar Misrdan qurol-yarog‘ olib kelishda yer osti yo‘llaridan foydalanishlari aytiladi.

Jangarilarning o‘limiga raketa tushgani emas, tunnelda saqlanayotgan qurollar portlashi sabab bo‘lgan, deb ta‘kidlaydi Isroil tomoni.

-------------------------------------------------------------------------------------------

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 7858 860002