Isroilning G‘azoga havo hujumlaridan halok bo‘lganlar soni 100 ga yetdi

Image copyright AFP

Isroilning o‘tgan to‘rt kun davomida g‘azoga havo hujumlarida halok bo‘lgan falastinliklar soni 100 kishiga yetgan.

Halok bo‘lganlar orasida ayollar va bolalar bor. Yaradorlar soni 600 dan oshgan.

Hozirgacha biror nafar isroillik qurbon bo‘lmagan.

Isroil o‘zining maqsadi Hamasga tegishli manzillar ekanini iddao qilmoqda, biroq halok etilganlarning aksariyati tinch fuqarolardir.

Image copyright AFP

Isroil jangarilar seshanbadan buyon uchirgan 400 dan ortiq raketaga qarshi mingdan ortiq javob amali berganini aytgan.

Hamas ham Isroil hududini o‘qqa tutishni davom ettirmoqda. G‘azodan otilgan raketalar Isroilning janubiy Ashdod shahridagi yoqilg‘i quyish shahobchasiga borib tushgan, uch kishi yaralangan.

Livandan Isroil shimoliga ham raketalar otilgan.

Image copyright AFP

Hamas qurbonlar uchun Isroil albatta javob berishini ta‘kidlamoqda.

Falastin rahbarlariga ko‘ra, Hamas ilgari otashkesimga rozi bo‘lganini bildirgan, biroq Isroil bu kelishuvni rad etgan.

Isroil Bosh vaziri Netanyaxuga qaraganda, G‘azoga quruqlikdagi hujumlar boshlanishiga kam fursat qolgan.

Isroilning G‘azodagi turar-joy binolariga hujumlari xalqaro huquq holatiga ziddir, degan BMT.

BMTning inson haqlari bo‘yicha komissari Navi Pillay Isroilni har qanday holatda ham aholi yashash maskanlariga hujumga yo‘l qo‘ymaslik kerakligini aytdi.

Bosh kotibi Pan Gi Mun Yaqin Sharqda boshlanadigan yana bir urush mintaqa uchun halokatli bo‘lishidan xavotirini bildirgan va tomonlarni muzokaraga chaqirgandi.

Ayni paytda AQSh Prezidenti Barak Obama ham Isroil va Falastinni mojaroni tezroq hal etishga undadi.

-------------------------------------------------------------------------------------------

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 7858 860002