Qashqadaryolik inson haqlari faoli Nodir Ahatov

Nodir Ahatov 1966 yil Qarshi shahrida tug‘ilgan.

Oilada 10 farzandning to‘ng‘ichi.

Ma‘lumoti bo‘yicha savdo xodimi.

Qariyb 15 yildan buyon inson huquqlarini himoya qilish bilan shug‘ullanib keladi.

U O‘zbekistonda rasman ro‘yxatdan o‘tkazilmagan Inson Huquqlari jamiyatining Qarshi shahar bo‘limi raisi.

1990 yillarning dastlabki yillarida ma‘lum davr "Birlik" xalq harakati a‘zosi bo‘lgan.

Kitob o‘qishni sevishini aytadi.

"Kitobga mehrni otam rahmatli uyg‘otganlar", deydi u.

Maktabda o‘qib yurgan kezlari badiiy kitoblardan tashqari sotsialistik mafkura asoschilari Marks, Engels, Leninning kitoblarini ham o‘qib chiqqanini, keyinchalik siyosiy qarashlari butkul o‘zgargan bo‘lsa ham, siyosatga qiziqishida aynan shu kitoblarning ham ta‘siri bo‘lganini aytadi.

Nodir Ahatov oilali, ikki farzandning otasi, bir nevarasi bor.

Inson haqlari faoli Nodir Ahatovga savollaringizni sahifamizning quyi qismidagi maxsus forma orqali yoki uzbek@bbc.co.uk elektron manzilimizga yo‘llang.

BBC mehmoni savollaringizga ham internet va ham radio orqali javob beradi.

Suhbatning radio versiyasini shanba kungi "Daraklar" dasturida tinglay olasiz.

Savollarini radio uchun o‘z ovozlari bilan berishni istagan tinglovchilarimizdan o‘zlarining telefon raqamlarini ham yozib yuborishni so‘raymiz.

Ruknimizning keyingi mehmonlari kimlar bo‘lishini istaysiz?

Bu haqdagi fikrlaringizni kutib qolamiz.

-------------------------------------------------------------------------------------------

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 7858 860002