Robot-eshak sinovdan o‘tkazilmoqda

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

AQSh dengiz piyoda qo‘shinlari Havai orollaridagi xalqaro dengizchilar harbiy mashqlari doirasida o‘zlarining ixtiyoridagi yangi ixtironi namoyish etganlar.

Bu robot-eshak.

Unga Oyoqli bo‘linmani dastaklash tizimi (Legged Squad Support System (LS3) deb nom berilgan.

Robot-eshak inson oyog‘iga ulangan sensordan olgan signallariga asoslanib qadam tashlaydi.

Notekis, qiyalikda o‘tkazilgan sinovda kichik kapral Brandon Dikman poyabzaliga sensorni bog‘laydi va pastga tushib keta boshlaydi.

LS3 esa unga ergashadi.

Harbiy dengizchilarning xalqaro mashqlari har yili Havaining Kaxuku mashq maydonida o‘tkaziladi.

Sharhsiz video.

-------------------------------------------------------------------------------------------

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 7858 860002