Mahkama Hollandiyani Srebrenitsadagi qirg‘inda mas‘ul deb topdi

Image copyright AFP
Image caption Srebrenitsada Bosniya serblari 7000 musulmonni o‘ldirgan

Hollandiya mahkamasi niderlandlarni 1995 yilda Srebrenitsada serblar tomonidan 300 bosniya musulmonini o‘ldirishda mas‘ul deya hukm chiqardi.

Mahkama qarorida aytilishicha, Srebrenitsa bosniya serb kuchlari tomonidan ishg‘ol qilinib, yetti mingdan ortiq musulmonlarni o‘ldirganda niderlandlar musulmonlarni himoya qilmaganlar.

Hollandiya armiyasi bazasidan yordam so‘ragan bosniyalik qochqinlar serblarga berib yuboriladi.

Bu Ikkinchi Jahon urushidan keyin Ovro‘poda sodir etilgan eng ommaviy qirg‘in bo‘lgan edi.

O‘tgan yil boshqa holland mahkamasi niderlandlar Srebrenitsada uch bosniyalik o‘limiga aloqador deb qaror chiqargandi.

Bosniyadagi urush payti atrofdagi shaharlarni qurshab olgan Bosniya serblari etnik tozalash o‘tkazganda, mamlakat sharqidagi ko‘pchilik bosniyaliklar Srebrenitsaga qarab qochishgan.

Image copyright VT Freeze Frame
Image caption Srebrenitsadagi Holland tinchlikparvar kuchlari

1993 yil BMT Srebrinitsani fuqarolar uchun "xavfsiz zona" deb e‘lon qiladi. Srebrenitsa ikki yil davomida qamalda qoladi.

Minglab bosniyaliklar Srebrinitsa yaqinidagi Holland askarlari joylashgan BMT tinchlikparvar kuchlari bazasiga yo‘l olganlar.

Biroq hollandlar qochqinlarning xavotiriga o‘rin yo‘qligini aytib, ularni bosniya serblari qo‘liga topshirishadi.

Serblar ayollar va yosh bolalarni avtobuslarga ortib, bosniya serblari nazoratidagi hududga jo‘natishadi. Yetti mingdan ortiq erkak va bolalar o‘rmonga olib kirilib, hammasi qirg‘in qilinadi.

Musulmonlar jasadi qoldiqlari hanuz Bosniya sharqidagi ommaviy qabristonda yotibdi.

O‘sha davrdagi Bosniyaning ikki rahbari-prezident Radovan Karajich va Bosniya serblari kuchlari qo‘mondoni Ratko Mladich Haagadagi harbiy tribunalga yuz tutdi. Bu mahkama jarayoni hozirgacha davom etmoqda.

Image copyright AP

Bosniya serblari armiyasi qo‘mondoni Ratko Mladich va Hollandiya kuchlari polkovnigi Ton Karremans.

-------------------------------------------------------------------------------------------

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 7858 860002