O‘zbekistonda aholining real daromadlari oshmoqdami?

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Image caption Aholining daromadlariga oid rasmiy raqamlar narx-navoni hisobga olmaydi

O‘zbekiston matbuoti yalpi ichki mahsulot o‘sish hajmiga doir Jahon Banki e‘lon qilgan yangi raqamlarni "o‘zbek modeli"ning yana bir yutug‘i sifatida taqdim etgan.

Davlat xabar agentligi - O‘zAning yozishicha, "Prezident Islom Karimov rahnamoligidagi islohotlar aholi real daromadlarining izchil oshib borishini ta‘minlagan".

Jahon Bankiga ko‘ra, O‘zbekistonda xarid qobiliyati pariteti bo‘yicha aholi jon boshiga YaIP ko‘rsatkichi 5340 dollarni tashkil etgan.

Ayni paytda Jahon Bankiga ko‘ra, O‘zbekiston aholisining 16 foizi qashshoqlikda hayot kechirmoqda.

Ammo bu raqam o‘zbek matbuotining e‘tiboridan chetda qolgan.

Xo‘sh, bu raqamlar nimani anglatadi?

BBC Ostonadagi Ovrosiyo Universitetidan iqtisodchi Saparboy Jubayev bilan suhbatlashgan.

-------------------------------------------------------------------------------------------

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 7858 860002