BBC mehmoni - O‘zbekiston iqtisodiyoti bo‘yicha ekspert Shermuhammad Abdullazodaga savol bering

Image caption Shermuhammad Abdullazoda O‘zbekistonda soliq va moliya sohalari bo‘yicha uzoq yillar ishlagan

Shermuhammad Abdullazoda 1966 yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan.

O‘rta maktabni oltin medal bilan tamomlagan.

Avval Samarqand Davlat Universitetining matematika fakultetini, so‘ng Moliya kollejini qizil diplomlar bilan yakunlagan.

U hokim o‘rinbosari, tuman soliq idorasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.

1996 yilda Moliya vazirligining soliq siyosati boshqarmasiga ishga taklif qilishgan.

O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Davlat va Jamiyat qurilishi akademiyasini bitirgan.

Shermuhammad Abdullazoda Moliya vazirligining Valyuta boshqarmasini, Investitsion loyiha va dasturni ekspertizadan o‘tkazish boshqarmalarini boshqargan.

2002 yili "Davlat belgisi" korxonasi rahbari o‘rinbosari lavozimiga taklif qilingan.

Biroq Shermuhammad Abdullazoda 2004 yilda O‘zbekistonni tark etishga qaror qiladi.

Buning sababi, "mening tanqidlarim", deya javob qaytaradi u.

"O‘zbekiston hukumatining yuritayotgan iqtisodiy siyosati bilan kelisholmadim, mana shu noroziligim tufayli ketdim", deydi iqtisodiy tahlilchi.

Hozirgi paytda oilasi bilan AQShda istiqomat qiladi.

Qator nufuzli xalqaro tashkilotlar janob Abdullazodadan O‘zbekiston iqtisodiga doir ekspert xulosalarini so‘raganlar.

BBC mehmoni Shermuhammad Abdullazoda savollaringizni sahifamizning quyi qismidagi maxsus forma orqali yoki uzbek@bbc.co.uk elektron manzilimizga yo‘llang.

BBC mehmoni savollaringizga ham Internet va ham radio orqali javob beradi.

Suhbatning radio versiyasini shanba kungi "Daraklar" dasturida tinglay olasiz.

Savollarini radio uchun o‘z ovozlari bilan berishni istagan tinglovchilarimizdan o‘zlarining telefon raqamlarini ham yozib yuborishni so‘raymiz.

Ruknimizning keyingi mehmonlari kimlar bo‘lishini istaysiz?

Bu haqdagi fikrlaringizni kutib qolamiz.

-------------------------------------------------------------------------------------------

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 7858 860002