Zulqarnayn davriga teng o‘zbekcha qatlama

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Qatlama - o‘zbek fotiha to‘ylari uchun pishiriladigan qadimiy taom.

Ovro‘polik tadqiqotchilarga ko‘ra, hali Iskandar Zulqarnayn davrida bugungi O‘zbekiston hududlarida hozirgidek patir yopilgan va qatlama pishirilgan.

Britaniyalik tarixchi jurnalist Maykl Vud, xususan, "Iskandar Zulqarnayn izidan" nomli ilmiy tadqiqotida bu borada alohida ta‘kidlaydi.

Unga ko‘ra, bugungi janubiy O‘zbekiston hududlariga kelgan yosh sarkarda Iskandar raqs tushayotgan So‘g‘diyona malikasi Ruxshonani ko‘rib, oshiq bo‘ladi.

Buni sezgan qizning otasi, ya‘ni So‘g‘diyona hukmdori esa dasturxonda turgan nonni oladi-da, tizzasiga bir urib ikkiga bo‘ladi.

"Nonni sindirdik, endi sen qizim bilan unashtirilding, deb aytadi u hayratda qolgan ajnabiy Iskandarga" - hikoya qiladi Maykl Vud (Michael Wood) - "Chunki o‘sha paytlar ham yigit-qizni unashtirish ramzi sifatida non sindirishgan".

"Unashtirish marosimida o‘zbeklar hamon qatlama pishirib, patir ushatishadi va bu marosimni o‘zbeklar non sindirish, deb ham atashadi" - davom etadi ingliz tadqiqotchisi.

Darhaqiqat, O‘zbekistonning ba‘zi joylarida patir, boshqa mintaqalarida qatlama ushatiladi. O‘zbek momolari unashtirish marosimi uchun ataydan supra yozib, qatlama pishiradilar.

Tarixi afsonalarga qorishgan o‘zbekcha qatlama qilishni biz ham siz bilan birga o‘rganishga qaror qildik.

Loyiha muallifi: Rustam Qobil

-----------------------------------------------------------------------------------------

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 7858 860002