"Hayit kuni G‘azoda bayramona kayfiyat yo‘q"

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

G‘azoda bir necha haftalardan buyon ilk bor tun osoyishta o‘tgan.

Haftaning dam olish kunlari o‘zaro muvofiq tushmagan bo‘lsa-da, Isroil ham, Hamas ham qisqa otashkesim tashabbusi bilan chiqishgandi.

3 hafta oldin qarama-qarshiliklar boshlanib ketganidan beri 1,030 falastinlik nobud bo‘lgan, 100, 000 nafari boshpanasiz qolgan.

Isroil tomoni 43 askari va ikki fuqarosi hayotdan ko‘z yumganini aytadi.

Janglarning to‘xtashi Ramazon oyi nihoya topib, Iyd al Fitr boshlanishiga to‘g‘ri kelgan.

Ammo, BBC muxbiri Martin Peyshns (Martin Patience) ning xabar qilishicha, G‘azodagi odamlar bayramona kayfiyatda emaslar.

-------------------------------------------------------------------------------------------

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 7858 860002