G‘azo fojeasi: Isroil "Jabaliyadagi boshpana-maktabga hujum qilgan"

Image caption G‘azodagi vayron etilgan maktab

Isroil tanki hujumi oqibatida kamida 15 falastinlik qurbon bo‘lgan.

Ular qochqinlar jamlog‘idagi maktabda jon saqlayotgan bo‘lishgan.

Bu haqda BMT ma‘lum qilgan.

Guvohlarga ko‘ra, BMTning Abu Husayn maktabida minglab falastinliklar boshpana topishgan edi.

Maktab binosining devorlari qulab tushgan.

Isroil mulozimlari so‘nggi xabarlarni tekshirayotganini aytgan.

Isroil Hamasni bu kabi maktablardan o‘z raketa hujumlarida foydalanadi deb da‘vo qiladi.

Hozirga qadar, 1200 nafar falastinlik va 55 isroillik qurbon bo‘lgan.

Qurbon bo‘lgan falastinliklarning aksariyati tinch aholi vakillaridir.

53 Isroil askari qatorida ikki nafar isroillik ham qurbon bo‘lgani aytiladi.

Isroildagi tailandlik ishchi ham halok bo‘lgani ma‘lum qilingan.

G‘azoni nazorat etib kelayotgan Hamas hujumlarni toki bo‘lga qamali bekor qilinmaganicha davom ettirishini aytmoqda.

G‘azo bo‘lgasini ham Isroil va ham Misr qamal ostida saqlamoqda.

So‘nggi ziddiyat Isroil va G‘azo jangchilari o‘rtasida eng uzoq davom qarama-qarshilikdir.

Isroilda 600 nafar yahudiy orasida o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, ularning 97 foizi hozirgi harbiy amaliyotni qo‘llab-quvvatlaydi.

BMTning mintaqadagi mulozimlaridan biri Bob To‘rnerning BBCga aytishicha, Jabaliya jamlog‘iga so‘nggi hujum hech qanday ogohlantirishsiz sodir etilgan.

Unga ko‘ra, falastinliklar jangu jadallardan jon saqlash uchun bu yerdagi maktabga kelishlari aytilgan.

To‘rner janoblariga ko‘ra, maktab bir emas necha bor hujumga tutilgan.

G‘azo Sog‘liqni saqlash vaziri Ashraf Al Qidra isroilliklarni maktabga hujum qilishda ayblagan va qurbonlar soni juda katta ekanini urg‘ulagan.

Raketalar

Image copyright epa
Image caption G‘azo

Isroil Hamasni bir necha bor maktablar va tinch aholi yashayotgan joylardan turib raketa hujumlari uyushtirishda ayblagan.

Ammo Isroilning so‘nggi hujum nishoni bo‘lgan Abu Husayn avvaldan ana shunday gumonlarga asos bo‘lganmi degan savolga javob yo‘q.

O‘tgan hafta BMT nazorati ostida bo‘lgan maktabga hujum oqibatida 15 kishi qurbon bo‘lgan edi.

Ammo Isroil bu hujumga mas‘uliyat o‘z zimmasida emasligi, chunki otilgan raketa bo‘m-bo‘sh hovliga tushganini da‘vo qildi.

Seshanba kuni BMT o‘z nazorati ostida bo‘lgan maktablarning birida raketalar topilganini aytgan edi.

Bayonotda BMTning betaraf maqomdagi binolariga yana bir bor daxl qilingani aytiladi va barcha urushayotgan tomonlarni BMTning binolari daxlsizligini hurmat etishga chaqiriladi.

-------------------------------------------------------------------------------------------

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02