Lugansk va Donetsk ishg‘olga tayyorlanmoqda

Image copyright AP

Ukraina hukumati qo‘shinlari isyonchilar qo‘lidagi Donetsk va Lugansk shaharlariga yaqinlashar ekanlar, bu ikki shahardagi oddiy aholi ishg‘olga tayyorlanmoqda.

Lugansk to‘laligicha o‘rab olingani va elektr quvvatisiz qolgani haqida xabarlar chiqar ekan, mahalliy yashovchilar oziq-ovqatlarni g‘amlab, yerto‘lalarda tunlarni o‘tkazishmoqda.

Shanba kuni Donetsk va Luganskda to‘qqiz oddiy fuqaro o‘ldirilgani xabar qilingan.

Sharqiy viloyatlardagi isyonchilar aprel oyida Kiyevdan mustaqil ekanliklarini e‘lon qilishlari ortidan bu hudud beqaror bo‘lib kelmoqda.

Janglar boshlanganidan beri 1500dan oshiq odam nobud bo‘lgani ishoniladi.

Image copyright AP

Mahalliy televideniye xabar qilishicha, Luganskdagi vaziyat o‘ta abgor tus olgan. U yerda oxirgi 24 soat ichida uch oddiy fuqaro o‘ldirilgan va sakkiz nafari jarohat olgan.

Havodan va tanklardan otilayotgan o‘qlar qator turar joylarni, maktab va supermarketni vayron qilgan.

Kiyevdagi Kanal-5 xabariga ko‘ra, Luganskdagi 50 ming uy elektr quvvatisiz qolgan, 5 mingta uyda na suv yo na gaz bor.

Donetskda AFP xabar agentligi odatda osoyishta mahalliy ko‘chalardan birida o‘zaro otishmalar orasida qolgan ayolning jasadini ko‘rganini xabar qildi.

Petro Poroshenko prezident etib saylanganidan beri ukrain hukumati sharqdagi ko‘p hududlarni hukumat nazorati ostiga qaytarishga muvaffaq bo‘ldi.

-------------------------------------------------------------------------------------------

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

Your contact details
Disclaimer