G‘arbning Rossiyaga qarshi jazo choralari O‘zbekistonga ta‘sir qiladimi?

  • 6 Август 2014
Image copyright Reuters
Image caption Iqtisodiy muammolar aksilmuhojirlik kayfiyatlarini yanada kuchaytirishi mumkin

Prezident Putinni Ukraina sharqidagi vaziyatni beqarorlashtirishda ayblayotgan AQSh va Ovro‘po Ittifoqi Rossiyaga qarshi jazo choralarini kuchaytirgan.

G‘arb, xususan OI jazo choralarining ta‘siri ikki tomonlama bo‘lishi va bundan o‘zi ham zarar ko‘rishini tan oladi.

Ammo g‘arblik siyosatchilarga ko‘ra, Prezident Putin bundan boshqa chora qoldirmagan.

Sanktsiyalar Rossiya iqtisodi va shaxsan janob Putin uchun og‘riqli bo‘lishi aytiladi.

Rossiya iqtisodi hozirning o‘zida deyarli o‘sishdan to‘xtagan va Markaziy Bank rublning qiymatini ushlab turish uchun barqarorlik jamg‘armasidan milliardlab dollar sarflamoqda.

Rossiya muxolifati rahbarlaridan Boris Nemtsovning Facebook dagi sahifasida yozishicha, g‘arbning jazo choralarini hademay rossiyalik nafaqaxo‘rlar o‘z turmushlarida his qila boshlaydilar.

Ayni paytda Moskvani 2018 yildagi futbol bo‘yicha jahon chempionatiga mezbonlikdan mahrum qilish haqidagi chaqiriqlar yangramoqda.

Chempionat inshootlari xususan, markaziy osiyolik mehnat muhojirlari uchun yuz minglab ish o‘rinlari yaratishi kutilayotgandi.

Rossiya hukumati ayni maqsadda ish beruvchilarga muhojirlarni ishga olishni osonlashtirish va ularning ish soatlariga cheklovlarni bekor qilishni nazarda tutuvchi qarorlarni qabul qilgan.

Yuz minglab o‘zbekistonliklar Rossiyada mavsumiy ishlar bilan band ekani hisobga olinsa, jazo choralari ularning ish topish istiqbollariga salbiy ta‘sir ko‘rsatishi taxmin qilish mumkin.

Tahlilchilar so‘nggi yillarda Rossiyadagi o‘zbeklar uylariga yuborgan milliardlab dollar mablag‘lar o‘zbek so‘mini butunlay barbod bo‘lishdan asrab qolganini aytishadi.

Rossiya O‘zbekistonning eng yirik savdo sherigi ekani nazarda tutilsa, savdo hajmi ham qisqarishini bashorat qilish qiyin emas.

Xo‘sh, siz g‘arbning Rossiyaga qarshi jazo choralari haqida qanday fikrdasiz?

Bu choralar O‘zbekiston iqtisodiga qanday ta‘sir ko‘rsatadi?

Agar Rossiyada ishlayotgan bo‘lsangiz, qanday o‘zgarishlarga guvoh bo‘layapsiz?

Yuz minglab mehnat muhojirlari vatanlariga qaytsa, O‘zbekiston hukumati ularga ish topib bera oladimi?

Fikrlaringizni Facebook dagi BBCUzbek sahifasida qoldiring.

Sharhingizni Whatsapp orqali ham yo‘llashingiz mumkin, telefonimiz: +44-78-58-86-00-02

--------------------------------------------------------------------------------------

Mukhamedov Bobur: AKSh borki dunega tinchlik bermay kelayapti. Isroilni kullab-kuvvatlashini uzi va begunox bolalar, insonlar kirilib ketayapti... Kaysi garb va aksh ni gapiryapsiz??? Oxirgi urushlarni eslaylik... Kim sababchi bulayapti??? Albatta aksh!!!

Azim Rustamov: ROSSIYa TABIY RESURSLARGA JUDA BOY MAMLAKAT. SANKTsIYa ChORALARINI 100 DAVLAT KUShIB KULLASA XAM XECh NARSA KILA OLMAYDI BU SANKTsIYa ChORALARI UZLARIGA BUMERANG BULIB KAYTADI. NIMA ChORA KILMASIN ROSSIYaNI BITMAS TUGANMAS NEFT ZAXIRALARI. GAZ ZAXIRALARI SAKLAB KOLADI. MANA SOVUK TUShSIN UKRAINANI UZI IKKI BUKILIB YaLINIB KELADI. BOShKA JOYDAN GAZ OLIShI ESA ERTAK.

Sabr Sabr: Rossiya Xitoy bilan 30 yillik gaz yetkazib berishga shartnoma imzoladi. AQSh va Yevropa ittifoqi nima ham qila oldi, Rossiyani bankrot qilolmaydi bu davlatlar inshaalloh.

Abdulloh Abdullaev: Dengizda wuncha baliqlaru osmonda wuncha quwlar risqini kim beryapti rassiyami yo Alloh

Sabr Sabr: Albatta Alloh beradi risqni, ammo inson ham sababini qilishi kerak. Musulmonlar Rossiyaga borib risq kelishini sababini qilishiyapti xolos.

Abdusalom Ergashev: Rossiyaga nisbatan kullanilayotgan sanktsiyalar Uzbekiston iktisodiyotiga uncha zarar keltirolmaydi.Chunki Uzbekiston xukumati boshka MDX davlatlaridan farkli ularok Rossiyaning Krim va Ukrainaning sharkiy xududlari borasidagi siyosatiga negativ fikrida sobit buldi va buning okibatlari borasida uz vaktida zaruriy choralarni rejalashtirib oldi.Xususan Bosh vazir Sh.Mirziyoyev Fargonaga kilgan oxirgi tashrifi davomida bu yerdan turib utkazgan selektor yigilishida Rossiyada ishlayotgan mexnat muxojirlarini mamlakatga kaytarish uchun barcha viloyatlarda kushimcha ish joylari yaratish,bu ish urinlarini egallaydigan ishchi-mutaxassislar uchun Rossiyadagidan kam bulmaydigan oylik-maoshlar tayinlanishiga moddiy-moliyaviy asos yaratish vazifalarini muxokama kildi. Ayni kunlarda shu vazifani amalga oshirish borasida viloyatlarda yangi ishlab chikarish korxonalari yaratish buyicha moliya-kredit amaliyotlari boshlab yuborilgan.

Shakhriyor Karshiyev: Fikr muhim. Ammo lekin iqtisod, undanda muhim. Rossiyani O'zbekistonning eng yirik partnyori ekanligini unutmaslik kerak. Latviya bilan bo'lgan biznes loyihalar "unchalikmas". Sankciyalar O'zbekiston iqtisodiyotiga anchagina zarar keltiradi.

Kamoliddin Rabbimov: Assalomu alaykum Abdusalom aka, avvalo Xayitlaringiz muborak bulsin. Abdusalom aka, yaqinda intervyularingizdan birida "bu yil ruzadan keyin to‘ylar soni juda kamayib ketdi..." dedingiz. Bu xolat Rossiyadagi iqtisodiy stagnatsiya yoki retsessiya bilan bog‘liq emasmi, agar bog‘liq bo‘lsa - qanchalik bog‘liq? Rossiyaga nisbatan sanktsiyalar borgan sari ta‘siri kuchaysa, buni bevosita ta‘siri O‘zbekiston uchun o‘ta jiddiy bo‘lmaydimi? Chunki Rossiyadan vatandoshlarimiz tomonidan yiliga kamida 7-8 milliard dollar naqt pul junatilishi aytiladi.

Sharif Eshonqulov: Abdusalom aka shu ishlarni shu ishlarni qilayapmiz deb 20 yildan buyon hammayoqqa jar soladi, lekin qani natija? O'ylashimcha Rossiyada ish o'rinlar qisqarsa, bizga ancha salbiy ta'sir qiladi. Buni tan olmaslik uchun axmoq bo'lishi kerak.

Abdusalom Ergashev: Yolgon,aldov,zuravonlik,korruptsiya,takik,adolatsizlik asosiga kurilgan xar bir saltanat bir kun kelib kumdan yasalgan shaxarchaday yuvilib ketishi mukarrar.Biz mana shunday saltanatlardan birining yemirilishi arafasida turibmizyuEvropa Ittifoki AKSh,kanada,Yaponiya kabi davlatlar Rossiyaga nisbatan kullayotgan sanktsiyalari bu mamlakat soxillarini shitoblik bilan yuva boshladi.

Shakhriyor Karshiyev: Abdusalom Ergashev, Isroilni qo'llab quvvatlab 1000 lab insonni o'ldirgan, Iroq va Avg'onistonni barbod qilgan (murdalar soni haqida gapirmayman) mamlakat sizning tom orqangizni ne ko'yga solishini tassavur qilishga harakat qiling.

Abdusalom Ergashev: Shahriyor,etiboringiz uchun rahmat! Agar siz Irokni Saddam Husayn davrida,Afgonistonni yakin 30 yil ichida hech bulmaganda nir bor kurganingnizda,bir-ikki hafta usha erlarda kolib yon-atrofga chukur razm solganingizda bir musulmon ularok amerikaliklarga tashakkurdan boshkasini ravo kurmagan bulardingiz.

Shakhriyor Karshiyev: Bu haqda o'ylab ko'rmagan ekanman, o'rtoq Abdusalom Ergashev. Fikringizni inobatga olaman. Endi biz yoshlarning bor umidimiz informacion urush zarar emas, foyda keltirsin.

Shakhriyor Karshiyev: Rossiyadagi mehnat muhojirlariga keladigan bo'lsak, 1-o'rinda, ular ham sanktsiyalar mo'ljali. Ularni O'zbekustonda ish joyi bilan ta'minlash harakatlari ham infrostrtrukturani ma'lum darajada rivojlantirishga turtki bo'ladi. Erinchoq rahbarlarning bir peshonasi terlaydi va ana sizga kerak bo'lsa rivojlanish.

Alexander DeLarge: Xukumat kaytgan mexnat muxojirlariga ish topib bermasa, muxojirlar xukumatda boshka ish topib berishadi. Omin.

Nodirbek Sotvoldiev: yeng kam ish xakiga nima beradi bir kop un bir kilo gushtmi oylik maosh nakd pul berdimi yeki plastik kartami 20 foiz yechib olsa ishchi nima oladi puliga.

Doniyor Pulatov: O'zi shundoq ham hukumatimiz Rossiydagi mehnat muxojirlarini ortga qaytarishga harakat qilib yotibdi. Bir nimaga ishonadiki, shunday qilyapti.

Shakhriyor Karshiyev: Avvalam bor shuni eslatmoqchimanki, har qanday informatsion urushning dunyo jamiyatiga foydali tomoni ham yo'q emas. Rossiyaga keladigan bo'lsak, sanktsiyalar "og'riqli" bo'lishi bilan birga, Rossiya federatsiyasi bo'yniga solingan sinovhamdir. "Mutlaqo, bir chekkada bo'zrayib sanktsiyalarni be e'tibor qoldirmaymiz, balkim ulardan tahlil chiqaramiz", dedi Rossiya ofitsiyallari. Rossiya eksportining cheklanishi: 1) Mamlakatni ichki yalpi mahsulotni barqarorlashtirishga turtki beradi; 2) Yevropa uchun ham iqtisodiy "orqaga tepgi" bo'lib, boshqa mamlakatlardan import zahiralarini tintishga chorlaydi; 3) Ukraina. Mana buni jazo desa bo'ladi. Faqatgina ashaddiy omi Ukrainaning iqtisodiyoti Rossiya bilan naqadar bog'liqligini tushunib yetmaslikka qodir. Ukraina qiziqishlar tagida qolib ketib talon taroj bo'ladi; 4) O'rta Osiyo mamlakatlari iqtisodiyotini ma'lum darajada destabillashtiradi. Umumiy propaganda urushi kartinasi: 1) G'arb va Sharq o'rtasida kuchli raqobat yuzaga keladi (eslab o'taylik, barcha portativ uskunalar, jumladan telefon va undagi kamera, sputniklar, butun internet tarmog'i, margarin, saharoza, porno roliklar va yuzlab boshqa kashfiyotlar AQSh bilan Rossiyaning raqobati tufayli qilingan). 2) Yevro-osiyo mamlakatlari xalqlarining milliy g'oyalarini bulg'aydi, va anti-g'arb avlodini tarbiyalaydi. 3) Yadroviy urush natijasida qirilib ketish tavakkalini ko'zda tutadi.

Your contact details
Disclaimer