Ebola kasalligiga qarshi halqaro favqulodda choralar

Image copyright EPA
Image caption Gvineya, Liberiya, Nigeriya va Serra-Leoneda 1,700dan ortiqroq Ebolaga chalinish holati kuzatilgan

Jahon Sog‘liqni saqlash Tashkiloti (JSST) G‘arbiy Afrikada Ebola kasalligining tarqalishini xalqaro favqulodda holat deb e‘lon etdi.

JSST rasmiylariga ko‘ra Ebola virusi tarqalishini to‘xtatish uchun mushtarak xalqaro choralar ko‘rilishi lozim.

Bu e‘lon Shveytsariyada ikki kun davomida o‘tgan favqulodda yig‘ilish natijasida ro‘yobga chiqdi.

Hozirga qadar bu yilning o‘zidayoq G‘arbiy Afrikada Ebola kasalligidan 930dan ortiq inson halok bo‘lgan.

JSSTning aytishicha Ebola epidemiyasi "favqulodda holatdir".

Mushkul epidemiya

Gvineya, Liberiya, Nigeriya va Serra-Leoneda 1,700dan ortiqroq Ebolaga chalinish holati kuzatilgan.

JSST Bosh mudiri Margaret Channing aytishicha "Epidemiyaga yuz tutgan mamlakatlar mustaqil ravishda uni eplasholmaydi".

Chan xonimlarning so‘zlariga ko‘ra boshqa mamlakatlar "kasallikning 40 yillik tarixidagi eng mushkul epidemiyaga" qarshi yordam berishlari zarur.

JSST rahbarining aytishicha xalqaro safarlaru savdo ta‘qiqlanmaydi.

"Biroq mamlakatlar kasallik hollarini, aeroportlar dohil, tekshirishga, topishga va oldini olishga tayyor bo‘lishlari lozim", dedi u.

Boshqa ehtiyot choralari orasida:

Ehtimoliy kasallik holatlarini kuzatish; Epidemiyaga duchor bo‘lgan mamlakatlarda insonlarga kerakli ma‘lumot yetkazish; Shifokorlarning ehtiyot choralarini kuchaytirish va hok.

-------------------------------------------------------------------------------------------

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02