BBC mehmoni - murabbiy va siyosiy tahlilchi Maryam Ibragimovaga savol yo‘llang

Maryam Ibragimova 1956 yili Xeva shahrida tug‘ilgan.

U O‘zbekiston Milliy universiteti(Toshkent Davlat Universiteti)ning Tarix fakultetini tamomlagan.

Maryam Ibragimovaning talabalik yillari O‘zbekiston sobiq Tashqi ishlar vaziri, Senator Sodiq Safoyev va Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari Rustam Azimovning ham ToshDU Tarix fakultetidagi talabalik yillariga to‘g‘ri kelgan.

U 1987 yil Kiyevda nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.

Maryam Ibragimova 35 yil mobaynida Toshkentda talabalarga politologiya, sotsiologiya va huquqdan saboq bergan.

Oxirgi 20 yilda Toshkentdagi Jahon Tillari universitetida ishlagan.

Maryam Ibragimova Internetda qator maqolalar, xususan, O‘zbekiston ta‘lim tizimidagi korruptsiya, O‘zbekistonda "baxmal" inqilobni amalga oshirish imkonsiz ekani, O‘zbekiston hukumati liberal muxolifatning mamlakat ichkarisida faoliyat yuritishiga izn bermasdan xatoga yo‘l qo‘ygani kabi fikrlari ilgari surilgan maqolalarini e‘lon qilgan.

Toshkentlik jurnalistlarning "Shut me" videoloyihalarida ishtirok etgan.

Ana shu maqolalari va videomuhokamalardagi ishtiroki uchun Maryam Ibragimova 2014 yil fevralida O‘zbekiston Bosh prokuraturasiga chaqirtirilgan.

Bosh prokuraturada politolog o‘zi bilan profilaktik suhbat o‘tkazilgani, uning faoliyati konstitutsion tuzumga tuhmat qilish va jamoat xavfsizligiga tahdid soladigan materiallar tarqatish kabi O‘zbekiston O‘zbekiston Jinoyat Kodeksi bandlariga mos kelishi mumkinligi va bundan keyin o‘z fikrlarini bildirayotgan paytda o‘zini "korrektno" tutishi lozimligi haqidagi hujjatga qo‘l qo‘ygan.

Bugungi kunda u mustaqil jurnalist sifatida faoliyat yuritadi, asosan siyosiy tahliliy maqolalar ustida ishlaydi.

BBC mehmoni Maryam Ibragimovaga savollaringizni sahifamizning quyi qismidagi maxsus forma orqali yoki uzbek@bbc.co.uk elektron manzilimizga yo‘llang.

BBC mehmoni savollaringizga ham internet va ham radio orqali javob beradi.

Suhbatning radio versiyasini shanba kungi "Daraklar" dasturida tinglay olasiz.

Savollarini radio uchun o‘z ovozlari bilan berishni istagan tinglovchilarimizdan o‘zlarining telefon raqamlarini ham yozib yuborishni so‘raymiz.

Ruknimizning keyingi mehmonlari kimlar bo‘lishini istaysiz?

Bu haqdagi fikrlaringizni kutib qolamiz.

-------------------------------------------------------------------------------------------

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02